O‘quv-uslubiy boshqarmasi (keyingi o‘rinlarda “Boshqarma” deb yuritiladi) o‘quv jarayoni rivojlangan xorijiy mamlakatlar universitetlari tajribasini o‘rgangan holda, O‘zbekiston Respublikasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning zamonaviy talablarini hisobga olib ishlab chiqilgan va tasdiqlangan davlat ta’lim standartlari, o‘quv va ishchi o‘quv rejalar, fanlar bo‘yicha namunaviy va ishchi dasturlar, fan sillabuslari asosida o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil etilishi uchun mas’ul bo‘lgan tarkibiy tuzilma hisoblanadi.
O‘quv-uslubiy boshqarmaning asosiy vazifalari
- O‘quv-uslubiy boshqarma ta’lim jarayonini o‘rnatilgan tartibda tasdiqlangan davlat talim standartlari, o‘quv va ishchi o‘quv rejalari, fanlar bo‘yicha namunaviy va ishchi o‘quv dasturlari, fan sillabuslariga muvofiq tashkil etadi, ular asosida dars jadvallarini tuzadi va uni barcha kafedralar tomonidan to‘liq bajarilishini ta’minlaydi.
- Kafedralar va o‘quv jarayoniga daxldor boshqa tarkibiy tuzilmalar faoliyatini o‘zaro muvofiqlashtiradi.
- Muntazam ravishda har bir ta’lim yo‘nalishi va magistratura mutaxassisligi bo‘yicha davlat ta’lim standartlari, o‘quv rejalar, fanlar dasturlari, sillabuslarini rivojlangan davlatlar tajribasi va zamon talablari asosida takomillashtirish bo‘yicha ish olib boradi. Shuningdek, me’yoriy hujjatlarni o‘quv jarayoniga tatbiq etish davrida ulardagi yaxshi ishlamayotgan me’yorlarni aniqlaydi va ularni yanada takomillashtirish bo‘yicha tegishli tavsiya hamda takliflar tayyorlaydi.
- Kafedra, tegishli boʻlimlar bilan birgalikda baholashning amaldagi tizimini qo‘llash, o‘qitish sifatini nazorat qilish, talabalar o‘zlashtirishi monitoringini olib boradi.
- Mamlakatda va xorijda qo‘llanilayotgan zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar va amaliy tajribalarni o‘rganadi, umumlashtiradi va o‘quv jarayoniga joriy etadi.
- Kurs ishi, bitiruv malakaviy ishi, magistrlik dissertatsiya mavzularini soha islohotlarni chuqurlashtirish, jamiyatni demokratlashtirish va shu kabi mamlakatimizning rivojlanish strategiyasini dolzarb muammolarga bag‘ishlanishini ta’minlaydi hamda muayyan korxona misolida yozilishini nazorat qiladi.
- Tegishli boʻlimlar va kafedralar bilan birgalikda ishchi o‘quv rejalari, fanlarning o‘quv va ishchi dasturlari, sillabuslari, darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar, boshqa turdagi o‘quv-uslubiy hujjatlarni ko‘rib chiqadi va tavsiya etish yoki tasdiqlash uchun O‘quv-uslubiy Kengashi hamda universitet Kengashiga taqdim etadi.
- Talabalarni kafedralar tomonidan o‘quv dasturlari va boshqa o‘quv-uslubiy hujjatlar bilan ta’minlanishini nazorat qiladi.
- Universitet professor-o‘qituvchilari tomonidan bajariladigan o‘quv yuklamalari taqsimoti, professor-o‘qituvchilarning shtat jadvalini o‘rganib chiqadi va rejalashtiradi.
- Vaqt me’yorlari asosida universitetning shtatdagi professor-o‘qituvchilari, kafedra mudirlari va tegishli boʻlimlar o‘quv yili davomida bajarishi shart bo‘lgan o‘quv yuklamalari, o‘quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot va tashkiliy-uslubiy ishlar hajmini va tarkibini aniqlaydi hamda tasdiqlash uchun universitet Kengashiga olib chiqadi.
- Kafedralarda rejalashtirilgan o‘quv yuklamalarining bajarilishi monitoringini olib boradi va soatbay ishlaydigan professor-o‘qituvchilarning hujjatlarini rasmiylashtiradi.
- Kafedralar, professor-o‘qituvchilarning yillik hisobotlarini ko‘rib chiqadi, qabul qiladi va universitetning yillik umumiy hisobotini tayyorlashda qatnashadi.
- Universitet shtatidagi va soatbay professor-o‘qituvchilarning o‘zaro tajriba almashishlarini ta’minlash maqsadida ochiq darslar tashkil qiladi.
- Universitet Kengashi va O‘quv-uslubiy Kengashi qarorlarini o‘quv jarayoniga joriy etish yuzasidan chora-tadbirlarni amalga oshiradi.
- Mutaxasisslik fanlaridan davlat imtihoni, magistrlik dissertatsiyalari himoyasi bo‘yicha barcha tashkiliy ishlarni rejalashtiradi. Davlat attestatsiya komissiyasi ishini tashkil etish (DAK) bo‘yicha zaruriy hujjatlarni tayyorlaydi va ularni universitet bo‘linmalari, tegishli boʻlimlar va kafedralarga yetkazadi, DAK ishini nazorat qiladi, DAK hisobotlarini o‘z vaqtida bajarilishini va O‘quv-uslubiy boshqarmaga topshirilishini talab qiladi.
- Universitet kafedralarining kabinet mudirlari, tegishli boʻlimlarning o‘quv-uslubiy faoliyatini boshqaradi, ularning ish hujjatlarini yuritishlari va mehnat intizomiga rioya etishlarini nazorat qiladi.
- Kafedra professor-o‘qituvchilarining zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalar hamda chet tillar bo‘yicha malakasini oshirish maqsadida seminarlar tashkil etadi.
- Universitet kafedralarning o‘quv-uslubiy faoliyatini doimiy nazorat qilib boradi, o‘quv-uslubiy ishlarini yaxshilash bo‘yicha takliflar beradi va universitet Kengashi va O‘quv-uslubiy kengashlari muhokamasiga kiritadi.
- Hemis axborot tizimining “Infrastruktura” menyusiga taalluqli bo‘lgan o‘quv binolari va o‘quv auditoriyalari ro‘yxatini shakllantirish.
- Hemis axborot tizimining “Fanlar bazasi” menyusiga taalluqli bo‘lgan fanlar guruhlari va fanlar ro‘yxatlarini shakllantirish.
- Hemis axborot tizimining “O‘quv jarayoni” menyusiga taalluqli bo‘lgan o‘quv yillari, baholash tizimlari, baholar turlari, reyting qaydnomalari turlari, o‘quv juftliklari ro‘yxatlarini hamda imtihonlar roʻyxatlarini shakllantirish.
- Hemis axborot tizimining “Statistika” menyusiga taalluqli bo‘lgan oliy ta’lim muassasasi darajasida talabalar va o‘qituvchilar to‘g‘risidagi statistik ma’lumotlarni shakllantirish.
- Akademik qarzdor bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari talabalarining qayta o‘zlashtirish uchun o‘qishni tegishli boʻlim tomonidan tashkil etilishini nazorat qiladi.
- Talabalarning ishlab chiqarish, malakaviy va boshqa turdagi amaliyotlarini tegishli boʻlim tomonidan tashkil etilishini nazorat qiladi.
- Amaliyotlarni tashkil etish va o‘tkazish yuzasidan uslubiy kursatmalar ishlab chiqadi hamda mas’ullardan amaliyot hisobotlarini topshirilishini talab qiladi.
- Talabalarning tegishli boʻlimlardagi shaxsiy hujjatlari, reytingi qaydnomalarini va shu kabi boshqa hujjatlarni to‘g‘ri rasmiylashtirilishini doimiy nazorat qilib boradi.
Boshqarma boshlig'i: Xolmuradov Laziz Zarifboyevich
Qabul vaqti: Dushanba-Shanba ( 9:00 - 17:00 )
Telefon raqam: +998 93 761 80 00
E-mail: lazizbekxol1986@gmail.com