AKADEMIK FAOLIYAT BO‘LIMINING ASOSIY VAZIFALARI
Bakalavriat yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari klassifikatori bo‘yicha ta’lim jarayonining hujjatlarini ishlab chiqish;
Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklarining malaka talablarini ishlab chiqish;
O‘quv rejalarini ishlab chiqish, tasdiqlash va ta’lim jarayoniga joriy etish;
O‘quv dasturlarni ishlab chiqish, tasdiqlash va ta’lim jarayoniga joriy etish;
Professor-o‘qituvchilar tarkibining o‘quv yuklamasi hamda o‘quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot va «ustoz-shogird» ishlarini belgilash qoidalarini amalga oshirish;
Professor-o‘qituvchilarining o‘quv yuklamasi hajmini vaqt me’yorlarida belgilangan ish turlaridan kelib chiqib, professor-o‘qituvchilarning lavozimlariga qo‘yilgan malaka talablari asosida hisoblash;
Professor-o‘qituvchilarning o‘quv yili bo‘yicha shaxsiy ish rejasi tarkibiga o‘quv yuklamasi hamda o‘quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot va «ustoz-shogird» ishlarining turlari kiritish, shaxsiy ish rejalarini bajarilganligini bo‘yicha hisobotlarni qabul qilish, umumlashtirish;
Lavozimlari tanlov bo‘yicha egallanadigan pedagog xodimlar va tanlov qatnashchilariga qo‘yiladigan malaka talablari bo‘yicha professor- o‘qituvchilarning hujjatlarini o‘rganish, tahlil etish va tanlovdan o‘tish uchun tavsiya berish;
O‘quv adabiyotlarning yaratish tizimini ishlab chiqish, rejasini tasdiqlash va nashr etishga tavsiya etish;
Professor-o‘qituvchilarning ochiq ma’ruzalari, ochiq darslari, master klasslari, sayyor ma’ruzalari, ko‘chma darslar, ilmiy seminarlar rejasini ishlab chiqish, nazoratini olib borish;
Mutaxassislik bo‘yicha mustaqil malaka oshirish, muqobil malaka oshirish hamda ta’lim dasturlari asosida oliy ta’lim muassasalari rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazlarida bevosita o‘qishini ta’minlash;
Professor-o‘qituvchilarining faoliyat samaradorligini baholash mezoni (KRІ) hamda Oliy ta’lim muassasalarining pedagog xodimlari faoliyatini o‘rganish mezonlari (110 ballik) asosida professor-o‘qituvchilarining faoliyatini baholash va umumlashtirish;
Universitet rahbar va pedagog kadrlarining uzluksiz malakasini oshirish jarayonlarini tashkil etish, malaka oshirishga nomzodlar ro‘yxatini shakllantirish, ma’lumotlarni umumlashtirish;
Universitet talabalarining mustaqil ta’limini tashkil etish tartibini ishlab chiqish, mazkur tartib asosida kafedralar bilan fanlar kesimida mustaqil ta’lim topshiriqlari uchun uslubiy ko‘rsatmalar, tavsiyalar tayyorlanishi va doimiy yangilanib borilishini ta’minlash.

