TA’LIM SIFATINI NAZORAT QILISH BO‘LIMI
Universitet tuzilmasi tarkibida “Ta’lim sifatini nazorat qilish” bo‘limi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 18 iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi 515-son qarorining 14-bandiga muvofiq 2018 yilda tashkil etildi. Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi belgilangan shtatlari doirasida 3 nafar (bo‘lim boshlig‘i va 2 nafar bosh mutaxassis) xodimlardan iborat.
Bo‘limning maqsadi - universitet talabalari bilimlarining davlat ta’lim standartlariga muvofiqligini o‘rganib borish, tahlil qilish, kadrlar tayyorlash sifati monitoringini yuritish, universitetni ichki baholashdan o‘tkazishni tashkil etish va ichki baholash natijalarini, ta’lim sifatiga salbiy ta’sir etuvchi omillarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish va oldini olish choralarini ko‘rishdan iborat.
Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
- Ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklarning davlat ta’lim standartlari (DTS), malaka talablari, o‘quv rejalari va fan dasturlari bilan ta’minlanganligini tahlil etish va ularni ekspertiza qilish;
- O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida ta’lim jarayoni sifatini, uning o‘quv adabiyotlari va o‘quv-uslubiy materiallar bilan ta’minlanganlik darajasini o‘rganish;
- O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti talabalari bilimlarining DTSga muvofiqligini o‘rganib borish, tahlil qilish;
- ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini ta’minlash;
- kadrlar tayyorlash sifati monitoringini yuritish;
- O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetini ichki attestatsiyadan o‘tkazishni tashkil etish, natijalari bo‘yicha ta’lim sifatiga salbiy ta’sir etuvchi omillarni aniqlash, ma’lumotlarni O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti rektoriga hamda Davlat inspeksiyasiga taqdim etish;
- attestatsiya, ta’lim sifatini o‘rganish bilan bog‘liq jarayonlarda O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida aniqlangan kamchiliklar va nuqsonlarni o‘z vaqtida bartaraf etilishi ustidan nazorat o‘rnatish;
- ta’lim sifatini belgilovchi ko‘rsatkichlarning holatini monitoring qilish va aniqlangan muammolar va kamchiliklar yuzasidan tegishli tarkibiy tuzilmalarga takliflar berish;
- ta’lim sifatini oshirish maqsadida professor-o‘qituvchilarning malakasini oshirish jarayonida zamonaviy usullar va uslublardan foydalanish samaradorligini tahlil qilish;
- O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining tarkibiy tuzilmalarida (fakultet, kafedra, bo‘lim, markaz) pedagog xodimlarning kasbiy malakasi holatini, shuningdek oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim hamda malaka oshirish va qayta tayyorlash yo‘nalishlaridagi sifat darajasini aniqlash maqsadida ichki monitoringni o‘tkazish, tahliliy ma’lumotlarni tayyorlash, aniqlanagan kamchilik va muammolarni bartaraf etish bo‘yicha O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti rahbariyatiga takliflar kiritish;
- O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti professor-o‘qituvchilari tayanch ma’lumotlarining tegishli dars beradigan fan(lar)iga mosligini tahlil qilish yoki ularning tegishli qayta tayyorlashdan o‘tganligini yoki mos ixtisoslik bo‘yicha ilmiy unvon, darajaga ega ekanligini o‘rganish va xulosalarni O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti rektoriga ma’lum qilish;
- O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining o‘quv jarayoni, ilmiy-tadqiqot va ilmiy-uslubiy ishlar rejalarining bajarilishini monitoring qilish;
- ta’lim jarayoni moddiy-texnik bazasi holatini tahlil qilish, uni rivojlantirish va takomillashtirish bo‘yicha takliflar berish;
- O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida talabalar amaliyotining ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklarni inobatga olingan holda tashkil etilganligini va uning samarasini nazorat qilish;
- Davlat inspeksiyasining topshirig‘iga binoan oliy ta’lim muassasalar reytingini aniqlashga va baholashga oid ma’lumotlarni to‘plashda, o‘tkaziladigan attestatsiya va ta’lim sifatini o‘rganish bilan bog‘liq jarayonlarda ishtirok etish;
- talabalar bilimini baholash jarayonini tahlil qilish asosida reyting ballarining xolisligini, shaffofligini va sifat darajasini baholash;
- O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetidagi ijtimoiy muhit, kadrlar tayyorlash va ta’lim sifatini o‘rganish maqsadida doimiy ravishda talaba, ota-ona, professor-o‘qituvchi va kadrlar iste’molchilari o‘rtasida ijtimoiy so‘rovlar o‘tkazish;
- Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi xodimlarining kasbiy mahoratini oshirish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Iste’dod” jamg‘armasi yoki xalqaro loyihalar va O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti hisobidan rivojlangan xorijiy davlatlarning nufuzli o‘quv va ilmiy markazlari tajribasini o‘rganish va ularni ta’lim jarayoniga tatbiq etish;
- O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti reytingini xalqaro darajaga ko‘tarishga qaratilgan chora-tadbirlarni oliy ta’lim muassasasi rahbariyati bilan birgalikda ishlab chiqish va uni ijrosini ta’minlashda faol ishtirok etish;
- O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti tegishli tarkibiy tuzilmalari bilan hamkorlikda ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan o‘quv seminarlari va treninglarni o‘tkazish;
- O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida jamoatchi ekspertlar bazasini shakllantirish va ular bilan qo‘yilgan vazifalar doirasida seminar mashg‘ulotlarini muntazam ravishda o‘tkazib borish;
- o‘quv jarayoni bilan ishlab chiqarish o‘rtasidagi integratsion hamkorlik, innovatsion g‘oyalar, ishlanma va texnologiyalarning amaliy tatbig‘i masalalari monitoringini yuritish;
- O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Kengashida, davra suhbatlari va anjumanlarda Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi tomonidan ta’lim sifatini oshirishga oid amalga oshirilgan o‘rganish va monitoring natijalari to‘g‘risida ma’lumotlar berib borish;
“Ta’lim sifatini nazorat qilish” bo‘limini 2018-2019 yillarda Anvar Xusanovich Hayotov, 2019-2022 yillarda pedagogika fanlari nomzodi, professor Aripov Yunus Yusupovich, 2022-2023-yillarda falsafa fanlari nomzodi, professor Nazarov Nurali Normirzayevich boshqargan.
2024 yildan hozirgi vaqtgacha “Ta’lim sifatini nazorat qilish” bo‘limida bo‘lim boshlig‘i pedagogika fanlari nomzodi, professor Aripov Yunus Yusupovich, bosh mutaxassislar dotsent Shohruh Xojiyev Saidjappar o‘g‘li va dotsent Elbek Jumanov Mamatqul o‘g‘li faoliyat olib boradi.

Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘imi boshlig‘i: p.f.n, professor Aripov Yunus Yusufovich
Elektron pochtasi: aripovyunus179@gmail.com