Ta’limning kredit tizimini boshqarish boʻlimi
1. Ta’limning kredit tizimini boshqarish bo‘limi universitetning tarkibiy bo‘linmasi bo‘lib, O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti (keyingi о‘rinlаrdа “Universitet” deb yuritiladi) Kengashining 2022-уil oktyabrdagi qaroriga asosan tashkil etilgan.
2. Ta’limning kredit tizimini boshqarish bo‘limi (keyingi o‘rinlarda “Bo‘lim” deb yuritiladi), ta’limning kredit-modul tizimga asoslangan akademik faoliyatni tashkil etish, o‘quv reja, fan dasturlarini yaratish va rivojlantirish, ta’lim jarayonining ochiqligi va shaffofligini ta’minlash, ta’lim tizimiga xalqaro standartlarni olib kirish, tizimda byurokratik to‘siqlar yuzaga kelishini oldini olish va tahliliy ma’lumotlarni shakllantirish hamda qaror qabul qilish jarayonini optimallashtirish kabi vazifalarni amalga oshiruvchi universitetning tarkibiy tuzilmasi hisoblanadi. Bo‘limning tarkibi 1 nafar bo‘lim boshlig‘i, 2 nafar bosh mutaxassis, 3 nafar etakchi mutaxassis va 1 nafar dispetcherdan iborat.
Bo‘lim Ofis registratori xizmatlari boshqarmasi tarkibida bo‘lib, u Ofis registratori xizmatlari boshqarma boshlig‘iga bo‘ysunadi.
3. Bo‘lim o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi qarorlari hamda buyruqlari, universitet Ustavi, universitet Kengashi qarorlari, rektorning buyruqlari va boshqa me’yoriy hujjatlarga amal qiladi.
4. Bo‘limni O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq Universitet rektori buyrug‘i bilan lavozimga tayinlanadigan va lavozimidan ozod qilinadigan Bo‘lim boshlig‘i boshqaradi.
Bo‘limning shtatlar jadvali bo‘lim boshlig‘ining taklifiga binoan universitet faoliyatining shartlari va xususiyatlaridan kelib chiqib universitet rektori tomonidan tasdiqlanadi.
5. Bo‘lim akademik qarzdor talabalarning qayta oʻqishini tashkil qiladi, GPA ballarini hisoblaydi, HEMIS axborot tizimida talaba ma’lumotlarini monitoring qiladi va Bo‘limning axborot tizimini yangilaydi, taqdim etilgan hujjatlarning to‘liqligini tekshiradi, bakalavriat hamda magistratura mutaxassisliklarining oʻquv rejalarini yaratadi, akademik guruhlarni yaratadi, kvalifikatsiya ma’lumotlarini kiritadi, axborot tizimida fanlar bazasini yaratadi, talabalar kontingenti harakati hisobini yuritadi, talabalarning oʻzlashtirish koʻrsatkichlari ma’lumotlari statistikasini yuritadi. Idoralararo yagona elektron hujjat aylanish tizimi “Ijro.gov.uz” da Ta’limning kredit tizimini boshqarish bo‘limiga tegishi hujjatlar bilan ishlash shaxsiy fayllarni yuritadi. O‘quv rejalaridagi fanlar farqi yoki akademik qarzni. Ta’lim yoʻnalishlari kesimida oʻquv rejalarning semestr ma’lumotlarini kiritadi. Nazorat jadvallarini yaratadi. Murojaatlarni qabul qiladi va ro‘yxatga oladi, murojaatlarni ko‘rib chiqadi va qayta ishlaydi, o‘quv jarayoni bo‘yicha qiyin va munozarali vaziyatlarda talabalarga maslahat beradi.
6. Bo‘lim xodimlari tegishli ma’lumotga, kasbiy tayyorgarlikka, malakaga va ish tajribasiga ega bo‘lgan mutaxassislardan iborat. Ularning vazifa va funksiyalar, huquq va majburiyatlari ushbu Nizom va lavozim yo‘riqnomalari bilan belgilanadi. Bo‘lim xodimlari o‘rtasida vazifalarni taqsimlash shtat jadvali va lavozim yo’riqnomalariga muvofiq Bo‘lim boshlig‘i tomonidan amalga oshiriladi.
Xodimlarning malakasini oshirish kurslarida, seminarlarda, treninglarda qatnashish, o‘z-o‘zini o‘qitish yo‘li bilan ularning malakasini oshirish ta’minlanadi. Bo‘limga tegishli bo‘lgan asosiy vazifa va funksiyalarni bajarish uchun zarur bo‘lgan huquqlar Bo‘lim xodimlarining lavozim yo‘riqnomalariga muvofiq amalga oshiriladi. Ushbu Nizom tasdiqlangan vaqtdan boshlab kuchga kiradi va majburiy hisoblanadi.

Boʻlim boshlig‘i
Xaydarov Shoxroʻz Muxammadaminovich
E-mail: xaydarov.sh@jtsu.uz