IQTIDORLI TALABALARNING ILMIY-TADQIQOT FAOLIYATINI TASHKIL ETISH BO‘LIMI
1. Iqtidorli talabalarni izlash va aniqlashni tashkil etish;
2. Iqtidorli talabalarni intellektual salohiyatini aniqlab borish;
3. Iqtidorli talabalarni qobiliyati va qanday yo‘nalishga moyilligiga qarab maqsadli tayyorlashni tashkil etish;
4. Iqtidorli talabalar uchun O‘zbekiston tarixi, chet tili, axborot texnologiyalari va internetdan foydalanish bo‘yicha maxsus mashg‘ulotlarni tashkil etishni nazorat qilish;
5. Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan e’lon qilinadigan fundamental, amaliy, Innovatsion va “Start up” loyihalariga va ijodiy jamoalariga jalb qilish;
6. Iqtidorli talabalarni ilmiy va amaliy anjumanlarga, universitet, universitet–lararo, Respublika va xalqaro konferensiya, simpozium, olimpiada va tanlovlarda qatnashishlarini tashkil etish;
7. Iqtidorli talabalar orasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat stipendiyasi va nomli Davlat stipendiyalariga, fan olimpiadalariga nomzodlarni tayyorlash, ularning sovrindor bo‘lishiga erishish;
8. Reytingi yuqori iqtidorli talabalar va ularning rahbarlarini moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlash;
9. Iqtidorli talabalarni ilm-fan namoyondalari, universitet rahbarlari, tajribali professor-o‘qituvchilar bilan davra suhbatlarini tashkil etish;
10. Xorijiy tillar bo‘yicha to‘garaklar tashkil etish va nazorat qilish;
11. Universitet talabalari orasida sport musobaqalarida muntazam ishtirok etuvchi talabalarni ilmiy-amaliy tanlovlarda ishtirok etishini nazorat qilish;
12. Talabalar uchun dastlabki kurslardanoq ilmiy-nazariy seminarlar tashkil etish;
13. Barcha talabalarni ilmiy faoliyatga jalb etish maqsadida seminarlarda ilmiy-ijodiy ishlarni shakllantirish haqida to‘liq ma’lumot berish va amaliy yordam ko‘rsatish;
14. Universitetda alohida iqtidorga ega bo‘lgan yoshlarni saralash maqsadida kafedralar tomonidan tashkil etiladigan tanlovlar va ilmiy anjumanlarda ishtirok etish;
15. Iqtidorli yoshlarni ilmiy ishlarini xududiy va xalqaro jurnallarda chop etishda amaliy yordam ko‘rsatish;
16. Doimiy ravishda kafedralardan olingan iqtidorli talabalarning natijalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tahlil qilish;
17. O‘quv yili davomida iqtidorli talabalar bilan olib borilgan faoliyat yuzasidan yarim yillik hamda bir yillik hisobotni tayyorlash va ularni ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektorga taqdim etish.
18. Yuqorida keltirilgan vazifalarni samarali amalga oshirish ishiga oliy o‘quv yurtida barcha prorektorlar, kafedra mudirlari, o‘quv ishlari bo‘yicha bo‘lim boshliqlari va tyutorlar mas’ul hisoblanadi.
19. Iqtidorli talabalar bilan ishlashni tashkil etish va ularni maqsadli tayyorlash yuzasidan kafedralarda, quyidagi ish jildnomalarini yuritish tavsiya etiladi:
- Iqtidorli talabalar bilan ishlash Nizomi;
- Iqtidorli talabalar bilan ishlash ish rejasi (dasturi);
- Ish rejasi (dastur)ning bajarilishi to‘g‘risida hisobotlar;
- Iqtidorli talabalarga oid oliy o‘quv yurti rahbarlarining buyruqlari;
- konferensiya, olimpiada, tanlovlar o‘tkazilishiga oid hujjatlar;
- O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti nomidagi Davlat stipendiyasi va nomli Davlat stipendiyalariga oid hujjatlar;
- Iqtidorli talabalarni izlash va ularni maqsadli tayyorlash to‘g‘risidagi yuqori boshqaruv organlarining qarorlari va buyruqlari;
- Iqtidorli talabalar qatnashadigan to‘garaklarning dasturlari, ish rejalari;
- Iqtidorli talabalar va ularning rahbarlari haqida ma’lumotlar;
- Iqtidorli talabalar bilan ishlashga ta’lim muassasasi rahbarining buyrug‘i bilan tayinlangan, yuqori pedagogik va ilmiy potensialga ega bo‘lgan professor-o‘qituvchilar rahbarlik qiladi.
Boshqarma boshlig'i: Tajibayev Soyib Samijanovich
Qabul vaqti: Dushanba, Chorshnaba, Juma ( 1430 - 1530 )
Telefon raqam: +998 93 508-85-95
E-mail: soyibjontajibayev@gmail.com