Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti haqida qisqacha ma'lumot
Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti mamlakatimizda sport boʻyicha yuqori sifatli ilmiy va innovatsion texnologiyalardan orqali taqqiqotlar oʻtkazadigan yagona tayanch oliy taʼlim dargohi hisoblanadi.2020-yil Institut tarixida tub oʻzgarish va yangilanish davri boʻldi. Avvalo, tarix zarvaraqida yangi sahifa Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Jismoniy tarbiya va sport sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish va ilmiy salohiyatni oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2020-yil 3-noyabrdagi PQ-4877-sonli qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti tashkil etildi.
Ilmiy tadqiqotlar institutining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat
- jismoniy tarbiya va sport sohasining nazariy va ilmiy metodologik asoslarini yaratish
- Davlat budjeti mablag‘lari hisobiga davlat ilmiy dasturlarini amalga oshirishda ishtirok etish
- jismoniy tarbiya va sport sohasida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish, shuningdek xalqaro hamda mahalliy ilmiy va amaliy grant loyihalarini jalb etish
- yuqori malakali sportchilarning o‘quv mashg‘ulot yig‘inlarini o‘tkazish davrida kompleks ilmiy-tadqiqotlarni tashkil etish va innovatsion texnologiyalarni keng qo‘llash yuzasidan zarur tavsiyalar ishlab chiqish
- sport turlari bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoalari (yoshlar, o‘smirlar va kattalar) a’zolarining hamda sport-ta’lim muassasalari sportchi o‘quvchi va talabalarining jismoniy rivojlanishi va tayyorgarligi, funksional holati, texnik-taktik va psixologik tayyorgarligini ilmiy jihatdan o‘rganish, monitoring qilish va istiqbolini belgilash
- seleksiya ishlarini samarali tashkil etish maqsadida trener-seleksioner va mutaxassislarga metodik yordam berish
- olimpiya va paralimpiya sport turlarini tahlil qilish va prognozlashtirish natijalari asosida sport turlari bo‘yicha terma jamoalarni xalqaro musobaqalarga tayyorlashda ilmiy-metodik jihatdan ko‘maklashish
- sportchilarning funksional, psixodiagnostika, biomexanik ish qobiliyatini diagnostika qilish va korreksiyalash hamda ommaviy sportni tadqiq etish tizimini yo‘lga qo‘yish
- jismoniy tarbiya va sport sohasida, shu jumladan sport biomexanikasi va fiziologiyasi bo‘yicha fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlar o‘tkazish, ularning natijalarini amaliyotga joriy etish
- aholi o‘rtasida ommaviy sportni rivojlantirish va sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish maqsadida yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda samarali, ilmiy asoslangan vositalar va uslublarni ishlab chiqish
- aholining jismoniy tayyorgarligi holati natijalarini monitoring qilish va korreksiyalash bo‘yicha ilmiy-uslubiy tavsiyalar berish
- aholining yosh xususiyatidan kelib chiqib, jismoniy rivojlanishi va jismoniy tayyorgarligini ilmiy asosda o‘rganish va tavsiyalar ishlab chiqish
- ilmiy-innovatsion faoliyat natijalarining transferi va ularni tijoratlashtirish, startap loyihalarni joriy etish orqali yoshlar, olimlar va professor-o‘qituvchilarni jismoniy tarbiya va sport sohasining ilmiy-texnik muammolarini hal etishga jalb qilish
- ilmiy-tadqiqot ishlarini samarali tashkil etish maqsadida xorijdan yuqori malakali mutaxassislarni jalb etish
- jismoniy tarbiya va sport sohasidagi xalqaro va mahalliy tashkilotlarning olimlari, mutaxassislari ishtirokida mahorat darslari, seminar-treninglar, davra suhbatlari, uchrashuvlar, shuningdek, ilmiy-amaliy konferensiyalar va anjumanlar, tanlovlar o‘tkazish
- barcha bo‘g‘indagi ta’lim muassasalarida barcha bo‘g‘inlarida (maktabgacha, umumiy o‘rta, professional va oliy ta’lim, shuningdek maktabdan tashqari sport ta’limi) ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish va o‘tkazish
- jismoniy tarbiya va sport sohasi bo‘yicha darsliklar va o‘quv qo‘llanmalar, shu jumladan audio, video va elektron darsliklar, onlayn darslar hamda boshqa turdagi ilmiy-metodik materiallarni tayyorlash
Ilmiy tadqiqot instituti zamonaviy laboratoriya xonalari va eng so'ngi laboratoriya uskunalari bilan jihozlangan. Institutda №1. Olimpiya va paralimpiya sport turlarini tahlil qilish va prognozlashtirish laboratoriyasi, №2. Sportchilarni funksional va psixodianostika qilish laboratoriya, №3. Sportda biomexanik tahlil qilish va harakatlarni korreksiyalash laboratoriyasi, №4. Ommaviy sportni tadqiq qilish o'quv laboratoriyalari oʻz faoliyatini yuritib kelmoqda. Hozirgi kunda institutda magistratura, mustaqil izlanuvchilar, tayanch doktorantlar va doktorantlar ixtisosliklari mavjud. Institutni memorondum, Respublika va xalqaro hamkorliklari 30 dan ortiq tashkilotlar bilan amalga oshirilmoqda.
Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti Toshkent viloyati, Chirchiq shahri, Sportchilar koʻchasi, 19-uy
JTSITI IJTIMOIY TARMOQ SAHIFALARI
🔷 Veb-sayt: https://uzjtsiti.uz
🔷 Telegram: https://t.me/jtsiti_rasmiy_uz
🔷 Instagram: https://www.instagram.com/jtsiti_rasmiy/
🔷 Facebook: https://www.facebook.com/people/Jtsiti-Rasmiy/61553271315723/
🔷 YouTube: https://www.youtube.com/channel/UCQG2E2pLM9iwtWWj9Ap6R1g