Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi faoliyati
O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi mustaqil tarkibiy bo‘linma hisoblanib, dastlab O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 27-iyundagi “Ommaviy axborot vositalari mustaqilligini ta’minlash hamda davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmatlari faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi QARORI asosida Axborot xizmati shaklida tashkil etilgan. 2024-yil sentabr oyida esa Universitet Kuzatuv kengashining tegishli qarori bilan Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi sifatida o‘z faoliyatini yuritib kelmoqda.
Bugungi kunda bo‘limda 4 ta shtat birligi, jumladan, bo‘lim boshlig‘i, bosh mutaxassis, yetakchi mutaxassis hamda kontent-menejeri lavozimlari mavjud. Bo‘limga hozirgi kunda Ibrohim Sarimsaqov rahbarlik qilib kelmoqda.

Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi tashkil etilganidan boshlab bugungi kunga qadar, universitet faoliyati haqida jamoatchilikka to‘liq va tezkor axborotlarni taqdim etib borish, universitetning ijobiy imijini shakllantirish va universitet haqida jamoatchilik fikrini o‘rganish, axborot makoni monitoringini olib borish va tahlil qilish, tanqidiy va keng muhokama qilinayotgan axborot xurujlariga tezkor munosabat bildirish, muntazam ravishda OAVda universitet rahbariyatining chiqishlarini tashkil etish; universitet faoliyatiga aloqador matnli, foto-, audio- va videomateriallardan iborat ma’lumotlar bazasini shakllantirish va yangilab borish, shuningdek, universitetning veb-saytini zamonaviy darajada yuritish, yuridik sohaga qabul qilinayotgan qonun hujjatlari, ijtimoiy ahamiyatga molik muhim dasturlar to‘g‘risida keng jamoatchilikni xabardor qilib borish, universitet faoliyatiga doir foto, audio va videomateriallar tayyorlash hamda ularni tayyorlash jarayonida davlat va nodavlat OAV bilan o‘zaro hamkorlik qilish hamda universitetning faoliyat sohasiga aloqador foto, audio va video ma’lumotlar bazasi shakllantirilishi va yuritilishini ta’minlash bilan birgalikda o‘z vakolatlari doirasida boshqa vazifa va funksiyalarni ham amalga oshirib kelmoqda.

Jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi boshlig‘i: Sarimsoqov Ibroxim Mirzaxmadovich
Qabul vaqti: Dushanba-Shanba 900 – 1700
Telefon raqam: +998 77 337 07 89
E-mail: uzdjtsu@gmail.com