1. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev huzurida 2024-yil 6-may kuni oliy ta’limning ustuvor masalalariga bag‘ishlab o‘tkazilgan yig‘ilishda berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida “Ta’lim sohasidagi loyihalar markazi” loyiha ofisi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil
9-iyuldagi 24-sonli Oliy ta’lim tashkilotlarida “Registrator ofisi”ni tashkil etish to‘g‘risida”gi qo‘shma qarori asosida Oliy ta’lim tashkilotlarida “Registrator ofisi” faoliyatini yoʻlga qoʻyish belgilab berildi.
2. O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida 2024-yil yanvar oyida o‘tkazilgan Kuzatuv Kengashi qarori bilan professor-o‘qituvchilar va talabalar uchun qog‘ozbozlikni kamaytirish, sohani raqamlashtirish orqali byurokratiya va korrupsiyani keskin qisqartirish maqsadida dekanatlar faoliyati tugatilib, ularning vakolatlari tegishlicha ixtisoslik kafedralari hamda yangi tashkil etilgan “Talabalar bilan ishlash boʻlimi” va “Ta’limning kredit tizimini tashkil etish va boshqarish” boʻlimlariga yuklatilgan edi.
3. Ushbu boʻlimlar negizida “Ta’lim sohasidagi loyihalar markazi” loyiha ofisi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 9-iyuldagi 24-sonli qo‘shma qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Jismoniy tarbiya va sport sohasida kadrlar salohiyatini oshirish hamda ilmiy faoliyatni rivojlantirish boʻyicha Kuzatuv kengashining 2024-yil 3-avgustdagi yigʻilishi qarori bilan Ofis registrator xizmatlari boshqarmasi tashkil etildi.
4. Bugungi kunda Ofis registratori xizmatlari boshqarmasi tarkibida “Talabalar bilan ishlash bo‘limi” hamda “Ta’limning kredit tizimini boshqarish” bo‘limlari faoliyat yuritmoqda.
Umumiy qoidalar
1. Ofis registratori xizmatlari boshqarmasi (keyingi o‘rinlarda “Boshqarma” deb yuritiladi) o‘quv jarayoni rivojlangan xorijiy mamlakatlar universitetlari tajribasini o‘rgangan holda, ta’limning kredit-modul tizimga asoslangan akademik faoliyatni tashkil etish, o‘quv reja, fan dasturlarini yaratish va rivojlantirish, ta’lim jarayonining ochiqligi va shaffofligini ta’minlash, ta’lim tizimiga xalqaro standartlarni olib kirish, tizimda byurokratik to‘siqlar yuzaga kelishini oldini olish va tahliliy ma’lumotlarni shakllantirish hamda qaror qabul qilish jarayonini optimallashtirish, talabalarning o‘quv faoliyatiga doir savollariga javob berish hamda ularga sifatli va munosib xizmat ko‘rsatish kabi vazifalarni amalga oshiruvchi universitetning tarkibiy tuzilmasi hisoblanadi.
2. Boshqarma o‘z faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmon, qaror va farmoyishlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining Hayʼat qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi Kuzatuv Kengashi qarorlari, O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nizomi, Kengash qarorlari, universitet rektori buyruqlari hamda mazkur Nizomga muvofiq olib boradi.
3. Ofis registrator xizmatlari boshqarmasi mustaqil tarkibiy tuzilma bo‘lib, u universitet rektoriga bo‘ysunadi.

Ofis registratori xizmatlari boshqarmasi boshlig‘i: Ishtayev Dilshod Ravshanbekovich
Qabul vaqtlari: Dushanba - Juma( 1500 - 1700)
Email: d.ishtayev@jtsu.uz