DEVONXONADA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-fevralda “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-6166-sonli Farmoni e’lon qilindi. Mazkur farmonga binoan ijro etuvchi hokimiyat organlari, shuningdek, devonxona faoliyatida zarur infratuzilma yaratildi. Ko’rilgan chora – tadbirlar natijasi o‘laroq, ish yuritish hujjatlaridan foydalanishda ijobiy natijalarga erishildi hamda muayyan intellektual va texnologik salohiyat shakllantirildi. Shu bilan birga, tahlil va o‘rganish natijalari devonxona va ish yuritish sohasiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarni joriy qilish, har bir tashkilotdagi ish yuritish tizimining moddiy-texnika bazasini yaxshilash, devonxona hujjatlarini jamlash va ulardan foydalanishning zamonaviy mexanizmlarini qo‘llash zarurati mavjudligidan dalolat bermoqda.
Bugun mamlakatimizdagi barcha tashkilotlar, shuningdek, oliy ta’lim muassasalarida ham ish yuritish hujjatlari va devonxona faoliyatini tashkil etish muhim o‘rin egallamoqda. Jumladan, O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida ham bu sohadagi ishlarga alohida e’tibor qaratilib, samaradorlikka erishilmoqda. 1955-yil 27- oktabrda universitet tashkil topishi bilan devonxona bo‘limi ham o‘z faoliyatini boshladi. Mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan so‘ng ijro tizimida ham bir qator islohotlar amalga oshirildi. Xususan, devonxona hujjatlari o‘zbek tilida yuritila boshladi, sohaning huquq va majburiyatlari qonun bilan himoyalab qo‘yildi. Universitetning bu tarmog‘ini rivojlantirishga ko‘plab malakali xodimlarimizning fidoyi xizmatlari singan. Jumladan, 2005-2015-yillarda Farida Nizamitdinova, 2015-2024- yillarda Kamola Qurbonova hamda 2024-yildan bugunga qadar Suhrob Soibnazarovlar ushbu bo‘limda faoliyat yuritib universitet taraqqiyotiga o‘z hissalarini qo‘shib kelmoqdalar.
Devonxona o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari, O‘zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Hay’atining qarorlariga, universitet to‘g‘risidagi nizomga, universitet rektorining buyruqlari va ish yuritish bo‘yicha amaldagi yo‘riqnomalarga amal qilib faoliyat yuritmoqda.
Devonxonada amalga oshirilayotgan ishlar bevosita universitet taraqqiyotiga daxldordir. Devonxona universitetda “Edo.ijro.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimida universitetning jismoniy va yuridik shaxslarining murojaatlari bilan ishlash, nazorat va monitoring bo‘limi bilan hamkorlikda belgilangan tartibda universitetda ijro intizomini nazorat qilish, hisobotlarni tayyorlash, tahlil qilish, umumlashtirish va natijasi yuzasidan rahbariyatga axborot berishni ta’minlaydi.
O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetidagi ichki va tashqi ijro tizimini amalga oshirayotgan devonxona xodimlari haqiqatdan ham bu universitetning tamal toshlaridan biri bo‘lib, ushbu dargohning zalvorli tarixi va ulkan zafarlariga o‘z hissasini qo‘shib kelmoqda. Devonxona tasdiqlangan normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq ish yuritib, arxiv ishlarini tashkil etilishini ham ta’minlab kelmoqda. Kelib tushadigan xat-hujjatlarni qabul qilish, ro‘yxatdan o‘tkazish, hisobga olish, taqsimlash va mansubligiga ko‘ra yuborishni, chiquvchi xat-hujjatlarni qabul qilish va jo‘natishni tashkil qilish, ish yuritishni tashkil etish va nazorat qilish ishlarini zamonaviy texnik vositalar va axborot texnologiyalaridan foydalangan holda tashkil etish, universitetning tarkibiy bo‘limlarida ish yuritish hujjatlarini nazorat qilish, ularga uslubiy hamda amaliy yordam ko‘rsatish, universitetning asosiy faoliyatiga doir rektor buyruqlarini rasmiylashtirish hamda tegishliligi bo‘yicha buyruqlarni ma’sul ijrochilarga va universitet jamoasiga yetkazish, universitet talabalar faoliyatiga oid buyruqlarni rasmiylashtirish hamda buyruq nusxalari asosi bilan xodimlar bo‘limiga, qolgan nusxalarini buxgalteriya va o‘quv bo‘limiga tarqatish, hududiy pochta xizmati bo‘limidan jo‘natiladigan xatlar uchun konvert va pochta markalarining hisob-kitobini yuritish, buyruqlar asosi bilan bog‘liq hujjatlar va buyruqlarning asl nusxalarini arxivga topshirilgunicha saqlash, arxivda saqlanishi lozim bo‘lgan hujjatlarni amaldagi talablar asosida topshirishga tayyorlash va boshqa vazifalarni amalga oshiradi.
Devonxona universitet rahbarlari, bo‘lim boshliqlari va kafedra mudirlaridan xato va kamchiliklar bilan tayyorlangan buyruqlarning rasmiylashtirilishini belgilangan tartibda bekor qilish yoki o‘z fikrini bildirish, tayyorlangan hujjatlar, buyruq va qarorlar davlat tilida bo‘lishini talab qilish, bo‘lim faoliyatini takomillashtirish, muvofiqlashtirish yuzasidan topshiriq xatlari kiritish, universitet rektori va prorektorlarining hujjatlarini ro‘yxatdan o‘tkazish, hisobga olish, rasmiylashtirish, ko‘paytirishni va shu jumladan elektron pochta orqali jo‘natishni ta’minlash kabi huquq va majburiyatlarga egadir.
Ish yuritish hujjatlaridan foydalanish va ijro tizimini takomillashtirish uchun universitetimizda bir qator chora-tadbirlar, islohotlar amalga oshirilmoqda. Devonxona faoliyatini muvofiqlashtirish, xodimlar o‘rtasida vazifalarni taqsimlash, aniq topshiriqlarning bajarilishi uchun har bir xodimning javobgarlik doirasini belgilash, universitet rektorining topshiriqlari, buyruqlari va ko‘rsatmalarining xodimlar tomonidan bajarilishini tekshirish, hujjatlarning o‘z vaqtida ijroga yo‘naltirilishini nazorat qilish devonxona mudirining asosiy vazifalari hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni, Vazirlar Mahkamasi, Oliy Majlis hamda vazirlik va idoralar tomonidan universitetimizga jo‘natilgan axborotlarni o‘z vaqtida tegishli tarkibiy bo‘linmalarga yuborish hamda universitet tomonidan berilgan javoblarni yuqori turuvchi tashkilotlarga yuborish, hujjatlar saqlanishini ta’minlash va nazorat qilish, hujjatlar nomenklaturasini tuzish va saralash ham devonxona tomonidan amalga oshirilayotgan ustuvor vazifalardan biridir.
Bir so‘z bilan devonxona Universitet tarkibiy qismlarida ish yuritishni to‘g’ri tashkil qilish, Rektor topshirig‘iga asosan universitet xodimlarini O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Respublika Oliy Majlisi hujjatlari, Prezidenti Farmonlari, Vazirlar Mahkamasining qaror va farmoyishlari, Prezident devoni hamda Respublika vazirlik, idora va tashkilotlaridan kelgan hujjatlar bilan tanishtirish, yangi ishga kelgan xodimlarni ish yuritish bo‘yicha yo‘riqnoma, ichki mehnat tartibi va ish yuritish bo‘yicha boshqa hujjatlar bilan tanishtirish, universitet xodimlari bilan birgalikda ish faoliyatini uzluksiz davom ettirib kelmoqda.

Bo‘lim boshlig‘i: Soibnazarov Suhrobjon Orifjon O'g'li
Qabul vaqti: Chorshanba ( 15000 - 17000 )
E-mail: info@jtsu.uz