STRATEGIK RIVOJLANISH VA XALQARO REYTINGLAR BILAN ISHLASH BO‘LIMI
Bo‘lim faoliyati: Strategik rivojlanish va xalqaro reytinglar bilan ishlash bo‘limi O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining tarkibiy bo‘linmasi hisoblanadi.
Bo‘lim universitet va uning tarkibiy bo‘linmalari, professor-o‘qituvchilari, xodimlarining xalqaro reytinglarni nashr etadigan tashkilotlar bilan hamkorlik faoliyatini muvofiqlashtiradi.
Bo‘lim o‘z faoliyatini amalga oshirishda universitetning barcha tarkibiy bo‘linmalari, kafedralari hamda xorijiy oliy ta’lim muassasalari, tashkilotlari va markazlari bilan o‘zaro hamkorlik qiladi.
Bo‘limning maqsadi:
- Turli xalqaro reyting tizimlarini (QS, THE, ARWU va boshqalar) o‘rganish va ular tomonidan qo‘yiladigan mezonlarni tahlil qilish;
- Universitetning hozirgi holatini ushbu reytinglar bilan solishtirib, uning kuchli va zaif tomonlarini aniqlash;
- Universitetning xalqaro reytinglarda o‘rnini yaxshilash uchun strategik rejalar ishlab chiqish;
- Universitetning ilmiy, ta’limiy va innovatsion salohiyatini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish;
- Reyting tashkilotlariga zarur bo‘lgan statistik va ilmiy ma’lumotlarni to‘plash va taqdim etish;
- Universitetning faoliyati haqidagi ma’lumotlarni muntazam ravishda yangilab borish;
- Xalqaro universitetlar, tadqiqot institutlari va tashkilotlar bilan hamkorlikni kuchaytirish;
- Talabalar va professor-o‘qituvchilar almashinuvi dasturlarini rrivojlantirish;
- Universitetning xalqaro maydondagi imidjini oshirish uchun marketing strategiyalarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
- Universitetning muvaffaqiyatlari va yutuqlarini xalqaro miqyosda keng targ‘ib qilish;
- Universitet rahbariyatiga reyting natijalari haqida hisobot berish va takliflar ishlab chiqish.
Bo‘limning vazifalari: Xalqaro reytinglarni nashr etadigan tashkilotlar va reyting agentliklari bilan hamkorlik loyihalarni amalga oshirish borasida universitet kafedralari va bo‘linmalariga yordam beradi;
Xalqaro reytinglar bo‘yicha xorijiy safarlarni amaldagi normativ hujjatlar asosida amalga oshiradi;
Universitetning xalqaro reytinglarni nashr etadigan tashkilotlar bilan hamkorlik faoliyati to‘g‘risida chorak, yarim yillik, to‘qqiz oylik va bir yillik hisobotlarini tayyorlaydi va universitet rahbariyati tomonidan tasdiqlangan holda universitet monitoring bo‘limiga topshiradi hamda tegishli tashkilot va idoralarga taqdim etadi;
Bo‘lim faoliyati doirasida Universitetning xalqaro reytingini ko‘tarish yuzasidan boshqa yo‘nalishlari bo‘yicha faoliyatni tashkil etish, tegishli hujjatlarini ko‘rib chiqish va takliflarni tayyorlash ishlarini amalga oshiradi;
Xalqaro reytinglarni nashr etadigan tashkilotlar, reyting agentliklari, mahalliy va xalqaro ekspertlar, maslahatchilar va mutaxassislar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ish olib boradi;
Xalqaro reytinglarni nashr etadigan tashkilotlar, reyting agentliklari, mahalliy va xalqaro ekspertlar, maslahatchilar va mutaxassislarni universitetga taklif qilish, shuningdek xorijdagi tadbirlarda, davra suhbatlarida, xalqaro forum va konferensiyalarda universitet mutaxassislarining ishtirokini tashkil etish va ta’minlash hamda tegishli hujjatlarni rasmiylashtiradi;
Universitetni xalqaro e’tirof etilgan Quacquarelli Symonds (QS), Times Higher Education (THE) va boshqa nufuzli xalqaro reytinglari TOP 1000 talikka kirishini amalga oshiradi;
Universitetning xalqaro reytingini ko‘tarish bilan bog‘liq ma’lumotlarni jamlab monitoring qilish va uni muvofiqlashtirish, kafedralar kesimida universitetning xalqaro reytingga qo‘shayotgan ulushini aniqlab borish va nazorat qiladi;
10 ta oliy taʼlim muassasasini dunyoning eng nufuzli “Top-1 000” oliy taʼlim tashkilotlari reytingiga kiritishga erishish.
Buyuk Britaniyaning nufuzli reyting tashkiloti – Times Higher Education agentligi oʻzining World University Rankings – 2024 reyting natijalarini eʼlon qildi. Unda Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti “reporter” maqomiga ega boʻldi. Shuningdek, 2023-yilda yana bir nufuzli xalqaro reyting tashkiloti boʻlgan Webometrics uchun maʼlumotlar taqdim qilindi. Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti ilk bora ushbu reytingdan joy oldi. Universitet dunyo boʻyicha 23055-oʻrinni, Osiyoda 10021-oʻrinni va Oʻzbekiston universitetlari orasida 73-oʻrinni egalladi. Shu bilan birga UI Green Metric xalqaro reyting tashkilotining rasmiy saytida universitet profili yaratilib, maʼlumotlarni taqdim etish ishlari olib borilmoqda.
Bo'lim boshlig'i: Sanjar Ramazanovich Jurayev
Qabul qilish vaqti: Seshanba va Juma kunlari (14:00 – 17:00)
Telefon raqam: +998 95 828 70 18
E-mail: juraevsanjar@gmail.com
Bo'lim bosh mutaxassisi: Qadamov Bekzod Yuldashovich
Telefon raqam: +998 90 109 99 75
E-mail: bekzodqadamovkhiva@gmail.com