Bo‘lim tarixi
Ilmiy bo’lim oliy ta’lim muassasasi tashkil etilgan kundan boshlab uning tarkibiy qismi sifatida mavjud bo‘lgan. 2011 yilga qadar hozirgi bo‘lim negizida 3 ta bo‘lim – magistratura, aspirantura, ilmiy bo‘lim mavjud bo‘lgan. 2012 yildan boshlab barcha bo‘limlar Ilmiy-pеdagogik kadrlar bo‘limi sifatida optimallashtirildi. Mustaqillik yillarida davlat ilmiy tеxnik dasturlar doirasida ko’plab innovatsion va amaliy grantlar bajarilgan. Ilmiy bo‘limda mustaqillik yillarida Malikova Lobar, Boyturayev To‘ychiboy, Aripov Yunus va Shopulatov Abdimalik Nurulloyevich kabi bir qator mutaxassislar rahbarlik lavozimida ishlaganlar. 2024-yilda bo’lim nomi “Ilmiy tadqiqotlar, innovasiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi” sifatida qayta nomlandi.
Bo‘limning maqsadi:
Ilmiy tadqiqotlar,innovatsiyalar va ilmiy- pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, O‘zbekiston Respublikasining Qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim to‘g‘risda”gi, “Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida”gi, “Ilm-fan va ilmiy faoliyat to‘g‘risida”gi qonunlar bilan, Sport vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Oliy Attestatsiya Komissiyasi buyruqlari, O‘zDJTSU Nizomi hamda ushbu nizom asosida boshqariladi. O’zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida Ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi faoliyatida O‘zDJTSU rektorining buyruqlari ijrosini ta’minlash bilan bir qatorda universitetda fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlarni rivojlantirish, davlat ilmiy-texnika dasturlarini hamda fan va texnika sohasining ustuvor yo‘nalishlarini amalga oshirish, oliy ta’lim, fan va ishlab chiqarish o‘rtasidagi innovatsion hamkorlikni muvofiqlashtirish, ustuvor, istiqbolli va ilg‘or ilmiy yo‘nalishlar bo‘yicha tadqiqotlarni tashkil qilish faoliyatini amalga oshiradi.
Bo‘limning vazifalari:
Bo‘limdagi ishlarni amaldagi normativ-huquqiy hujjatlar asosida yuritish, shuningdek, ishlarni zamonaviy texnologiyalaridan foydalangan holda tashkil etish.
Bo‘lim o‘ziga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
- universitet professor-o‘qituvchilarining ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil qilish bo‘yicha tajribasini rivojlantirish hamda ulardan to‘liq, samarali foydalanish uchun jismoniy tarbiya va sport sohasiga oid zarur ijtimoiy ishlab chiqarish sharoitlarini tashkil etish;
- jismoniy tarbiya va sport tizimini sifatli faoliyat ko‘rsatishining nazariy-metodologik asoslari strategiyasi va taktikasini ishlab chiqish;
- fundamental, amaliy, innovatsion, maqsadli, tashabbuskor ilmiy-tadqiqotlarni tashkil etish va samaradorligini oshirish. Ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash va ta’lim doirasida ilmiy-tadqiqotlarni rivojlantirish;
- ilmiy salohiyatni va ilmiy-tadqiqotlar samaradorligini ilmiy-tadqiqotlar asosida ilm-fan doirasida sportni rivojlantirish, raqobat muhitini yaratish, ilmiy xizmatlarni rivojlantirish;
- universitet kafedralari, ilmiy laboratoriyalari va bo‘limlarida rejalashtirilgan ilmiy tadqiqot ishlarining yillik va istiqbol rejalarini tuzish, ularni bajarilishini tashkillashtirish, tegishli amaliy-uslubiy yordamlar ko‘rsatish, o‘rnatilgan tartiblar asosida hisobotlar tayyorlanishi nazorat qilish;
- doktorantura (DSc) va tayanch doktorantura (PhD)ga qabul qilish, kafedralarning ilmiy darajali kadrlar bilan ta’minlash strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish;
- universitet bazasida professor-o‘qituvchilar va iqtidorli talabalar ishtirokida xalqaro, respublika miqyosdagi ilmiy konferensiya va seminarlar o‘tkazish rejalarini ishlab chiqish va ularning yuqori saviyada o‘tkazilishini ta’minlash;
- ilmiy tadqiqot ishlari natijalariga ko‘ra monografiya, maqola va konferensiya materiallarini nashr qilish rejasini ishlab chiqish va bajarilishini ta’minlash;
- xalqaro ilmiy tashkilotlar bilan hamkorlikni kengaytirish va rivojlantirish;
- professor-o‘qituvchilarning yosh tadqiqotchi va sportchilarni tayyorlashda ustoz-shogird tizimini hamda ilmiy maktablarni rivojlantirish;
- sportda texnik va texnologik jihatdan yangi yoki takomillashtirilgan mahsulotni (ishlarni va xizmatlarni) ishlab chiqishga hamda joriy etishga qaratilgan innovatsiyalarni amalga oshirishga ko‘maklashish.

Bo‘lim boshlig‘i: Jumaniyazov Anvarbek Bekchanovich
Qabul kunlari: Dushanba, Chorshanba, Juma (1500 – 1700)
Telefon raqam: +998 99 936 72 04
E-mail: anvarbekzumaniyazov5@gmail.com
