🔷Oliy ta’lim sohasidagi global tahlil agentligi “UI Green Metric World University Rankings” 2024-yil uchun Barqaror Rivojlanish Maqsadlariga erishish bo‘yicha jahondagi eng sara universitetlar reytingini e’lon qildi.
📌Universitet atrof-muhit muhofazasi bo‘yicha olib borilayotgan islohotlar natijasida samarali yutuqlarga erishmoqda. Jumladan, joriy yil 12-dekabrda ushbu reyting tashkiloti e’lon qilgan reytingda universitet Italiya, Turkiya, Shveysariya, Ispaniya va dunyoning boshqa yetakchi davlatlari universitetlari qatorida dunyoning TOP-800 talik ro‘yxatiga kiritildi. Ya’ni, universitet dunyo reytingida 780-o‘rinni, Osiyo mintaqasi bo‘yicha TOP-500 talik ro‘yxatida 430-o‘rinni va O‘zbekiston oliy o‘quv yurtlari orasida 17-o‘rinni band etdi.
🔶Universitetning ushbu nufuzli reytinglardagi yuqori o‘rinlarni egallashi xalqaro maydondagi imijini oshirishda katta ahamiyatga ega.










