Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo`limi
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1996-yil 9-sentyabrdagi “Ma’naviyat va ma’rifat» jamoatchilik markazi faoliyatini yanada takomillashtirish va samaradorligini oshirish to’g’risida”gi PF-1559-sonli farmoyishi ijrosini ta’minlash maqsadida oliy ta’lim muassasalarida, xususan, O’zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida ham Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha prorektor lavozimi hamda Ma’naviyat va ma’rifat bo’limi tashkil etilgan. Universitetda o’tgan davr mobaynida yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat sohasini rivojlantirishda O. Pulatov, A. Hakimov, N. G’afforov kabi yetuk mutaxassis-kadrlar muvaffaqiyatli faoliyat ko’rsatgan. Bugungi kunda Yoshlar bilan ishlash, ma'naviyat va ma'rifat bo`limi boshlig`i sifatida Babajanov Rustam Yuldashovich faoliyat olib bormoqda.
Bo`limning asosiy maqsadi
Jamiyatda yuksak ma`naviy fazilatlarni kamol toptirish, milliy mafkurani shakllantirish, yoshlarni boy tarixiy va madaniy merosimizga, milliy an`analarimizga, umuminsoniy qadriyatlarga hurmat, Vatanga muhabbat, milliy istiqlol g`oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash, keng fikrli, sog`lom, jismoniy, aqliy va ma`naviy jihatdan barkamol, ijtimoiy-siyosiy, huquqiy, iqtisodiy sohalardagi islohotlarning mohiyatini tushunadigan hamda ularni yangi ijtimoiy munosabatlar orqali hayotga targ`ib eta oladigan shaxslarni shakllantirish bo`lim faoliyati maqsadining asosini tashkil etadi.
Bo`limning asosiy vazifalari:
Talabalar dunyoqarashini shakllantirishda milliy va umuminsoniy qadriyatlar, xalqimizning boy tarixiy, madaniy va ma`naviy merosi asosida ularni vatanparvarlik, mehnatsevarlik, insonparvarlik, imon-e`tiqod, mehr-shafqatlilik kabi insoniy fazilatlar misolida har tamonlama barkamol avlodni tarbiyalaydi; "Ta`lim to`g`risidagi" Qonun, "Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi", Respublika Oliy Majlisi sessiyasi materiallari, Prezident farmonlari, asarlari, nutqlari, Hukumatimiz qarorlari, O`zbekistan Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi hamda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi qarorlari, buyruq va ko`rsatmalari, ta`lim-tarbiya boshqaruvi organlari me`yoriy hujjatlari talablari asosida o`z ishini amalga oshiradi; bo`lim universitetda tarbiyaviy ishlarni rejalashtirishda guruh murabbiylarining salohiyati va qiziqishlari, topshiriqlarni qay darajada bajara olishlarini hisobga oladi;talabalarda Vatanga muhabbat, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti, Konstitutsiyasi va Davlat ramzlariga sadoqat hissini tarbiyalaydi; ma`naviy, aqliy, jismoniy barkamol, iqtisodiy, huquqiy savodxon, mehnatsevar, iste`dodli yoshlarni aniqlash va tarbiyalash, “Oila, mahalla, universitet” konsepsiyasini hayotga tadbiq etish ruhida tarbiyalaydi; yoshlarimiz ongiga ona-Vatanga, buyuk ajdodlarimiz merosi va xalqimizning bugungi bunyodkorlik ishlariga yuksak ehtirom tuyg`ularini singdirib boradi; qadimiy tarixiy yodgorliklar va mustaqillik davrida bunyod etilgan ma`rifiy maskanlarga, muzey, teatr va ko‘rgazmalarga sayohatlar uyushtiradi;boshqa ta`lim-tarbiya maskanlarining ish tajribasini o`rganadi;Universitet Kengashi, Ma`naviyat va ma`rifat Kengashlariga qo`yilgan masalalarni muhokama qiladi, ularning qarorlarini amalga oshiradi;tarbiyaviy ishlarga barcha professor-o`qituvchilar jamoasi, O`zbekiston yoshlar ittifoqi b.t. va boshqa tashkilotlar, talabalar, murabbiylar, mahalla va ota-onalarni jalb qiladi, ularning ishlarini muvofiqlashtiradi;universitetda talabalarning bo`sh vaqtlarini unumli tashkil etish va darsdan tashqari tarbiyaviy ishlarni to`g`ri yo`lga qo`yish maqsadida ularni ilmiy, ijodiy, jurnalistika va kasb-hunar to`garaklari hamda sport seksiyalariga jalb qiladi hamda muntazam ravishda nazorat qilib boradi;xalqimizning yuksak milliy va umuminsoniy qadriyatlarining jamiyatimiz madaniyati va ma`naviyatining rivojlanishiga ta`siri, ularning dunyoviy, huquqiy davlat qurish va fuqarolik jamiyati barpo etishda tutgan o`rni va rolini o`rganadi hamda talaba-yoshlarni tarbiyalashda amaliyotda ularning mohiyatini ochib beradi;respublika aholisi e`tiqod qiladigan barcha dinlarning ma`rifiy tarixiy va ilmiy asoslari to`g`risida alohida chuqur bilimlarni dunyo dinlarining ijobiy xususiyatlari orqali shakllantiradi;talabalar o`rtasida sog`lom turmush tarzini keng targ`ib qilish orqali turli zararli g`oyalar ta`siriga berilmaslik, ekstremizm va diniy aqidaparastlikning har qanday shakllari, reaksion mohiyatini keng tushuntirish, giyohvandlik, axloqsizlikillatlaridan xoli bo`lish muhitini yaratish chora-tadbirlarini ishlab chiqadi hamda uni hayotga tadbiq etadi;respublikamizda yashab turgan millat va elatlar o`rtasida do`stlik va totuvlik siyosati asoslarini targ`ib qiladi va ularni mustahkamlash maqsadida keng tushuntirish ishlarini olib boradi;ta`lim-tarbiyaning talabalar qobiliyati va iste`dodining har tomonlama namoyon bo`lishiga qaratilganligini ta`minlovchi jarayonni tashkil etadi, uning mazmunini tubdan yangilab boradi, milliy va umuminsoniy qadriyatlarning ustuvor ahamiyatini ta`minlash, shaxs va atrof-muhit munosabatlarini uyg`unlashtirish, talabalarning dunyoqarashi, yuksak ma`naviyat, madaniyat va ijodiy tafakkurni shakllantirish bo`yicha chora-tadbirlar belgilaydi;ta`lim-tarbiya jarayonini tashkil etishda Vatan va o`z xalqi uchun faxrlanish, uning qadimiy tarixiga hurmat bilan qarash, obod va farovon hayot qurish uchun dahldor va javobgarlik tuyg`ularini tarbiyalashga yo`naltirilgan keng ko`lamli faoliyatini amalga oshiradi;talabalar jamoasini shakllanishida, ularda insoniylik va mas`uliyat hissini tarbiyalashda demokratlashtirishning chuqurlashuviga tegishli sharoitni vujudga keltirib, ish yuritadi;ilmiy, ijodiy, jurnalistika, kasb-hunar to`garaklar va sport seksiyalari rahbarlari bilan ma`naviy-ma`rifiy, tarbiyaviy ishlarni yaqin hamkorlikda olib boradi;universitet Ma`naviyat va ma`rifat kengashida muhokama etiladigan masalalarni tayyorlashda bevosita ishtirok etadi, ularning ijrosini ta`minlaydi; akademik guruh murabbiylarining siyosiy, huquqiy savodxonligini oshirishga yo`naltirilgan faoliyatni tashkil etadi va ijrosini amalga oshiradi; mamlakatimizda nishonlanadigan umumxalq bayramlari: Mustaqillik, Konstitutsiya, Xotira va Qadrlash kuni, Navro`z, O`qituvchi va murabbiylar kuni, Xalqaro xotin-qizlar kuni, Vatan himoyachilar kuni, Bitiruvchilar kechasikabian`anaviy bayramlarning tashkiliy va tarbiyaviy jihatidan yuqori saviyada o`tishini ta`minlaydi;universitet Аxborot resurs markazi tomonidan amalga oshiriladigan ma`naviy-ma`rifiy ishlarni muvofiqlashtirish va o`tkazishga yaqindan yordam beradi, rahbarlik qiladi;talabalarning o`z-o`zini boshqarishiga sharoit yaratadi, qobiliyatli va iste`dodlilariga alohida e`tibor qaratadi, ularning ijodiy imkoniyatlarini rivojlantirishga ko`maklashadi;akademik guruh murabbiylari haftaning muayyan bir kunida mamlakatimiz va jahondagi iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy, ma`naviy sohalardagi yirik o`zgarishlar haqida “Аxborot soati”ni yuqori saviyada o`tishini ta`minlaydi; bo`lim boshlig`i yoki Yoshlar bilash ishlash bo`yicha prorektor yil davomida ikki marotaba (birinchi va ikkinchi yarim yillikda) Universitet Kengashida hisobot beradi.
Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo`limi boshlig`i:
Bo‘lim rahbari: Babajanov Rustam Yuldashovich
E-mail: rustambabajanov84@mail.ru
Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo`limi uslubchisi:
Bo‘lim uslubchisi: Ergasheva Dilfuza Komiljonovna
E-mail: dilfuzaergasheva281@gmail.com
Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo`limi uslubchisi:
Hamroyev Alibek Shuhrat o'gli
E-mail: alibekxamroyev327@gmail.com
Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo`limi uslubchisi:
Xudayberdiyeva Ma'mura Abdulxayevna
E-mail: mamura878706@gmail.com