MAGISTARTURA BO‘LIMI
O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining Magistratura bo‘limi (bundan keyin matnda “Bo‘lim” deb yuritiladi) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 10-sentyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta'lim tizimida magistratura faoliyatini yanada takomillashtirish, uning samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 190-sonli qarorining 5-bandi hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy o‘rta maxsus ta'lim Vazirligining 2015-yil 6-martdagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 2-martdagi “Magistratura to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi 36-son qarori ijrosini ta'minlash to‘g‘risida”gi 78-sonli buyrug‘iga asosan, “Magistratura to‘g‘risida Nizomga asosan” tashkil etiladi.
Bo‘lim o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, “Ta'lim to‘g‘risida”gi Qonun, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”, “Magistratura to‘g‘risida Nizom”, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ta'limga oid qarorlari, Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligining magistratura ta'limini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha buyruqlari, vazirlik Hay'at qarorlari va O‘zDJTSU Kengash qarorlari, rektor buyruqlari hamda ushbu Nizomga amal qiladi.
Bo‘lim tuzilmasi va shtatlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007 yil 10 sentyabrdagi 190-sonli qarorining 2-ilovasiga muvofiq shakllantiriladi va O‘zDJTSU rektori tomonidan tasdiqlanadi. Bo‘lim davlat ta'lim standartlari va boshqa magistratura bo‘yicha o‘quv me'yoriy-hujjatlarni bevosita hayotga tadbiq etadi va pirovard natijada sifatli kadrlarni tayyorlaydi. Bo‘lim universitetning magistraturaga xizmat qiluvchi barcha fakultetlari, kafedralari va bo‘limlari hamda professor-o‘qituvchilar salohiyatidan foydalanilishi ko‘zda tutilgan.
Bo‘limning vazifalari va funktsiyalari
Bo‘limning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: bo‘limdagi ishlarni amaldagi normativ-huquqiy hujjatlar asosida yuritish, shuningdek, ishlarni zamonaviy texnologiyalaridan foydalangan holda tashkil etish. Xujjatlarni o‘z vaqtida va to‘g‘ri rasmiylashtirilishini hamda amalga oshirilayotgan ishlarning qonuniyligini oldindan nazorat qiladi. Magistratura mutaxassisliklarida tahsil oluvchi magistrlarni asos bo‘lgan taqdirda darslardan ozod qilish uchun farmoyish chiqarish. O‘zining kasbiy malakasini oshirish; o‘z majburiyatlarini bajarish uchun zarur bo‘lgan ma'lumotlarni olish. Bo‘lim o‘z vakolatlari doirasida boshqa vazifa va funktsiyalarni ham amalga oshirishi mumkin.
Boʼlimning maqsadi va vazifalari
Boʼlimning maqsadi-oliy ta'lim muassasasida “Kadrlar tayorlash milliy dasturi” vazifasiga muvofiq mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi tendensiyalardan kelib chiqan xolda tegishli mutaxassislik boʼyicha kasbiy, huquqiy pedagogik va psixologik bilimlarni chuqur oʼzlashtirgan jamiyat, davlat, oila oldida mas'uliyatini tushingan yuqori malakali mutaxasislarni tayyorlanishini tashkil etilishdan iborat.
Bo‘limning asosiy vazifalari
- magistratura mutaxassislari uchun davlat ta'lim standartlari va boshqa me'yoriy hujjatlarni ishlab chiqish, kadrlar buyurtmachilari talab va takliflari asosida ularni muntazam takomillashtirib borish;
- magistrantlar tayyorlash bo‘yicha o‘quv jarayonlarini tashkil etishning shakl va mexanizmlarini modernizatsiya qilish;
- magistratura mutaxassisliklarini zaruriy darsliklar va adabiyotlar bilan ta'minlash, bu ishga yetuk olimlar, yuqori malakali mutaxassislarni jalb etish, ilmiy sohani rivojlantirish;
- magistratura talabalari tomonidan o‘quv ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyatini muvofiqlashtirish va ular bo‘yicha joriy hujjatlarni yuritish hamda amalga oshirilgan ishlarni nazorat qilish;
- «Bo‘lim» universitetdagi fakultetlar, kafedralar va bo‘limlari bilan bevosita aloqada ish yuritadi. Bo‘limda magistrant-talabalarning o‘quv, o‘quv-metodik, ilmiy faoliyatlarini tashkil etish hamda magistrantlarni tayyorlash bo‘yicha faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish;
- magistrantlarni o‘qitish va ularning ishga joylashishi ustidan muntazam monitoringni amalga oshirish, magistrantlar tayyorlagan ishlarini muntazam ravishda tahlil qilish va ular yuzasidan hisobatlar tayyorlash;
- magistraturada dars berayotgan pedagog kadrlarga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirishlari uchun maqsadga yo‘naltirilgan sharoitlarni yaratish va ularni ijtimoiy-kasbiy va shaxsiy faolligini oshirish, ularni rag‘batlantirish tizmilarini ishlab chiqish;
- magistratura axborot ta'minoti tizmilarini shakllantirish va rivojlantirish;
- Respublikadagi va ilg‘or hamkorlar bilan birgalikda ilmiy-ta'limiy loyihalar va dasturlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirish ishlarida ishtirok etish;
- mavjud holatni tizimli ravishda tahlil qilish, aniqlash, muammoli holatlarni aniqlash, magistraturani rivojlantirish tendensiyalari bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlarni aniqlash;
- magistrantlar tayyorlash sohasi bo‘yicha talab va takliflarni o‘rganishni tashkil etish, ta'lim xizmatlari va kasbiy mehnat bozorida raqobatbardoshligini ta'minlash hamda magistrantlarni tayyorlash sohasida marketingni shakllantirish;
- byudjet asosida ta'lim olayotgan magistratura talabalarini ishga taqsimlash borasida mehnat bozoridagi ish o‘rinlari to‘g‘risida axborot bankini yaratish, ish beruvchi tashkilotlar bilan hamkorlik aloqalarini rivojlantirish;
- magistrantlarni tayyorlash jarayoni ishtirok-hamkorlar qiziqishlari aks etgan taklif va ko‘rsatmalarni ishlab chiqish;
- halqaro, davlatlararo, respublikadagi va hududiy tuzilmalar hamda tashkilotlar bilan xamkorlik qilish;
- magistraturaga qo‘yilgan vazifalardan kelib chiqib, uni rivojlantirishga qaratilgan dasturlar, loyihalar, anjumanlar, ishlab chiqish va amalga oshirish.
Bo'lim boshlig'i: Pedagogika fanlari bo`yicha falsafa doktori (PhD), dotsent
Xudayberdiyeva Nodira Abduyakubovna
Qabul kunlari: dushanba,chorshanba, juma
Soat: 16:00 dan 17:00 gacha
E-mail: nodiraxonkhudayberdiyeva@gmail.com
Telefon raqami: +998 (97) 736-70-01