Ta'limning kredit tizimini boshqarish boʻlimi
Oʻquv-uslubiy boshqarmasi tarkibidagi “Ta’limning kredit tizimini boshqarish” bo‘limi (keyingi o‘rinlarda bo‘lim deb yuritiladi) ta’limning kredit-modul tizimga asoslangan akademik faoliyatni tashkil etish, o‘quv reja, fan dasturlarini yaratish va rivojlantirish, ta’lim jarayoninining ochiqligi va shaffofligini ta’minlash, ta’lim tizimiga xalqaro standartlarni olib kirish, tizimda byurokratik to‘siqlar yuzaga kelishini oldini olish va tahliliy ma’lumotlarni shakllantirish hamda qaror qabul qilish jarayonini optimallashtirish kabi vazifalarni amalga oshiruvchi universitetning tarkibiy tuzilmasi hisoblanadi.
1. Boʻlim o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari
va qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi qarorlari hamda buyruqlari, universitet Ustavi, universitet Kengashi qarorlari, rektorning buyruqlari va boshqa me’yoriy hujjatlarga amal qiladi.
2. Bo‘lim mustaqil tarkibiy tuzilma bo‘lib, u oʻquv ishlari boʻyicha prorektor va Oʻquv-uslubiy boshqarmaga bo‘ysunadi.
Bo‘lim vazifalari
- Akademik jarayonini bosqichma-bosqich kredit-modul tizimiga o‘tkazish;
- Xalqaro tajribalardan kelib chiqib, oliy ta’limning ilg‘or standartlarini joriy etish, jumladan, o‘quv dasturlarida nazariy bilim olishga yo‘naltirilgan ta’limdan amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishga yo‘naltirilgan ta’lim tizimiga bosqichma-bosqich o‘tish;
- Oliy ta’lim mazmunini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish, ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlarining barqaror rivojlanishiga munosib hissa qo‘shadigan, mehnat bozorida o‘z o‘rnini topa oladigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini yo‘lga qo‘yish;
- Xorijiy ta’lim va ilm-fan texnologiyalarini jalb etish;
- O‘quv rejalari va oʻquv dasturlari o‘quv mashg‘ulotlari va imtixonlar jadvallari, talabalarning o‘zlashtirish va davomatiga oid axborotlarni boshqarish;
- Muntazam ravishda har bir ta’lim yo‘nalishi va magistratura mutaxassisligi bo‘yicha davlat ta’lim standartlari, o‘quv rejalar, oʻquv dasturlarini rivojlangan davlatlar tajribasi va zamon talablari asosida takomillashtirish bo‘yicha ish olib borish;
- Me’yoriy hujjatlarni o‘quv jarayoniga tatbiq etish davrida ulardagi yaxshi ishlamayotgan me’yorlarni aniqlaydi va ularni yanada takomillashtirish bo‘yicha tegishli tavsiya hamda takliflar tayyorlash;
- O‘qitish sifatini nazorat qilish, talabalar o‘zlashtirishi monitoringini olib borish;
- Akademik qarzdor talabalarga qayta oʻqish jarayonlarini tashkil etilishi va oʻquv jarayonini olib borilishini nazorat qilish;
- Mamlakatda va xorijda qo‘llanilayotgan zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar va amaliy tajribalarni o‘rganadi, umumlashtiradi va o‘quv jarayoniga joriy etish.
Boʻlim boshlig‘i
Xaydarov Shoxroʻz Muxammadaminovich
E-mail: xaydarov.sh@jtsu.uz