#xalqaro_aloqalar
Bugun O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetiga Janubiy Koreyaning nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan biri Keimyung universitetining Xalqaro aloqalar bo‘yicha vitse-prezidenti Seon Jung Kim boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.
Dastlab, tomonlar o‘rtasida uchrashuv o‘tkazilib, unda universitetlar haqida tegishli ma’lumotlar almashildi. Shundan so‘ng O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti hamda Keimyung universiteti o‘rtasida jismoniy tarbiya va sport sohasida hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish, professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvini amalga oshirish va taekvondo sport turini rivojlantirishga qaratilgan ikki tomonlama hamkorlik memorandumi imzolandi.
Shundan so‘ng, oliygoh Sport majmuasi (manej)da Keimyung universiteti taekvondo yo‘nalishi talabalarilarining shibom yo‘nalishi bo‘yicha taqdim etgan o‘ziga xos ko‘rgazmali chiqishlari barchaning yuksak e’tirofi va olqishiga sazovor bo‘ldi.
Yakunda ikkala universitet vakillari o‘z oliygohlarining ramzi tushirilgan esdalik sovg‘alarini o‘zaro almashishdi.
*Ma’lumot o‘rnida, Keimyung universiteti Janubiy Koreyadagi eng nufuzli va chiroyli universitet bo‘lib, oliygoh 1890-yil tashkil topgan. Universitetda bugungi kunda 30 mingga yaqin talabalar 90 ta yo‘nalish bo‘yicha tahsil olishadi. Ulardan asosan sport va san’at yo‘nalishlari rivojlangan. Shuninghdek, universitet 130 dan ortiq oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik aloqlarini o‘rnatgan bo‘lib, u yerda har yili dunyo bo‘yicha tan olingan Taekvondo sport va madaniayat festivali o‘tkaziladi.