🤸♀️Oksana Aleksandrovna Chusovitina – 1975-yilda Buxoroda tugʻilgan. Sport gimnastikasi bo‘yicha sportchi. U dunyo boʻyicha sakkizta olimpiadada qatnashgan yagona gimnastikachidir.
🏫Yurtimizda bugungi kunda afsonaviy gimnastikachimiz Oksana Chusovitina nomida gimnastikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabi faoliyat yuritmoqda.
📌Universitetining faxrli talabasi Oksana Chusovitina ayni paytda ham o‘z faoliyatini davom ettirib kelmoqda.
🔷Xususan, 2025-yil 18–21-iyun kunlari poytaxtimizdagi Gimnastika markazi majmuasida O‘zbekiston tarixida ilk bor bo‘lib o‘tadigan sport gimnastikasi bo‘yicha eng nufuzli xalqaro musobaqalardan biri — Xalqaro gimnastika federatsiyasi (FIG) homiyligida o‘tkaziladigan Jahon Chellenj Kubogi (World Challenge Cup) bosqichida ishtirok etadi.
✍️Musobaqalarda Armaniston, Bolgariya, Xorvatiya, Germaniya, Gonkong, Islandiya, Qozog‘iston, Jazoir, Janubiy Afrika Respublikasi, Tayvan (Xitoy Taypeyi), Turkiya, Ukraina va O‘zbekiston kabi 14 davlatdan 65 nafar yetakchi sportchilar ishtirok etadi.
👏Bugun 50 yoshni qarshilagan sport malikasi Oksana Chusovitinani tavallud kuni bilan universitetimiz jamoasi nomidan chin yurakdan tabriklaymiz!