#dolzarb_90kun
📆Joriy yilning 18-19 iyun kunlari O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida talabalar hamda mahalla yoshlari ishtirokida turli tadbirlar tashkil qilindi.
✅Jumladan, universitetning Yoshlar ittifoqi boshlang'ich tashkiloti, Yoshlar bilan ishlash, ma'naviyat va ma'rifat bo'limi hamda Yoshlar ishlari agentligining Chirchiq shahar bo'limi bilan hamkorlikda oliygoh talabalari va mahalla yoshlari yetakchilaridan iborat 4 ta jamoa ishtirokida "Zakovat" intellektual o'yini bo‘lib o‘tdi.
✅Shuningdek, Voleybol, basketbol nazariyasi va uslubiyati kafedrasi mas’ullari tashabbusi bilan kafedra talabalari hamda Chirchiq shahrida joylashgan 13-,14- va 18-umumta’lim maktabi o‘quvchilari ishtirokida milliy harakatli o‘yinlar bo‘yicha musobaqalar o‘tkazildi.
📍Eslatib o‘tamiz, mazkur dastur doirasidagi tadbirlar davom etadi.