#Vazir_kubogi
#kurash
🤼Bugun O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida oliy taʼlim muassasalarida tahsil oluvchi barcha talaba-yigitlar oʻrtasida KURASH sport turi boʻyicha “Vazir kubogi” musobaqasining Respublika final bosqichi boshlandi.
✔️Talaba-yoshlarni jismonan yetuk va axloqiy barkamol, Vatanga sadoqat ruhida komil inson qilib tarbiyalash, boʻsh vaqtlarini toʻgʻri va mazmunli tashkil etish hamda oʻzbek millatining gʻururi va iftixori, qadriyatlari, urf-odatlari va anʼanalarini oʻzida mujassam etgan kurashni yanada ommalashtirish maqsadida tashkil etilgan mazkur musobaqada Respublikqmizning 100 dan ortiq taʼlim muassasalaridan 200 nafardan ortiq polvonlar 60 kg, 66 kg, 73 kg, 81 kg, 90+ kg vazn toifalarida qizg‘in bellashuvlarga kirishdilar.
🗓Eslatib o‘tamiz, musobaqa ertaga, 20-iyun kuni ham davom etadi.