#o‘quv_seminar
✅Avval xabar berganimizdek, 17-19 iyun kunlari O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamkorligida Davlat oliy ta'lim muassasalaridagi Sport klublari rahbarlari uchun tashkil etilgan o'quv seminar kursiga mezbonlik qildi.
☄️Sohaning bir qator yetuk va tajribali mutaxassislari va olimlari jalb etilgan ushbu o‘quv kursi bugun o‘z nihoyasiga yetib, kurs tinglovchilariga sertifikat topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi sport vaziri o‘rinbosari Shaxrullo Maxmudov, vazirlik mas'ul xodimi Muqim Arziqulov, O‘zbekiston talabalar sporti assosatsiyasi raisining birinchi o‘rinbosari Erkin Qodirov, O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti rektori Rashid Matkarimov boshchiligidagi rahbariyat jamoasi va kurs tinglovchilari ishtirok etdi.
💬Tadbir davomida so‘z olganlar ushbu o‘quv kursining Sport klublari faoliyatini yanada yaxshilash va samarali boshqarishda yuqori ahamiyat kasb etgani hamda sport klublari rahbarlari uchun tizimni rivojlantirish va mavjud muammolarni bartaraf etish yo‘lida katta tajriba maydoni bo‘lib xizmat qilganligini alohida qayd etib o‘tdi. Shuningdek, kurs tinglovchilari tomonidan bildirilgan taklif va fikrlar asosida hamkorlikda amaliy ishlarni davom ettirish bo‘yicha oldindagi zaruriy vazifalar belgilab olindi.
📜Tadbir yakunida esa o‘quv seminari kursini muvaffaqiyatli tamomlagan tinglovchilarga sertifikatlar topshirildi.