#Rasmiy_munosabat
Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining 3 nafar talabasi bilan bog‘liq vaziyat haqida tarqalgan xabar bo‘yicha rasmiy munosabat.
Hozirda, talabalar bilan ro‘y bergan ushbu holat bo‘yicha tegishli organlar tomonidan tekshirish ishlari olib borilmoqda.
Mazkur voqea shaxsan universitet rektori tomonidan nazoratga olinib, hozirda ularning ota-onalari, mahalla raisi va faollar bilan juda jiddiy muhokama qilinmoqda, shuningdek, holat bo‘yicha Xalq deputatlari Chirchiq shahar Kengashiga taqdimnoma kiritish yuzasidan ishlar olib borilayotganini maʼlum qilamiz.
Vaziyat to‘liq o‘rganilib, holatga huquqiy baho berilgandan so‘ng yana qo‘shimcha maʼlumotlar beriladi.