Bugun, 2025-yil 2-dekabr kuni O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti rektori R.Matkarimov hamda Janubiy Koreyaning “Nomadian” IT kompaniyasi direktori Jin Kwonki o‘rtasida muhim uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv davomida O‘zbekiston va Janubiy Koreya o‘rtasidagi mustahkam ishonch va do‘stlikka asoslangan ikki tomonlama aloqalar, ayniqsa madaniyat, ta’lim, fan va innovatsion texnologiyalar yo‘nalishidagi hamkorlik istiqbollari atroflicha muhokama etildi.
➡️ Uchrashuv yakunida “Nomadian” IT kompaniyasi tomonidan universitet hududida taekvondo sport turini yanada rivojlantirish maqsadida “Baek Munjong” maxsus taekvondo sport zalini qurib berish bo‘yicha qiymati 100 000 000 KRW (Janubiy Koreya voni) miqdoridagi homiylik shartnomasi imzolandi.
🩺Mazkur shartnoma ikki davlat o‘rtasidagi do‘stona munosabatlar mustahkamlanishiga, shuningdek, universitetda sport infratuzilmasini modernizatsiya qilish va yosh sportchilar uchun zamonaviy sharoitlar yaratishga xizmat qiladi.
🌎 Universitetimizda xalqaro hamkorlik ko‘lami kengayib bormoqda!