2025-yil 26-noyabrdan 1-dekabrga qadar Prezident olimpiadasi doirasida suzish bo‘yicha O‘zbekiston kubogi musobaqalari bo‘lib o‘tdi. Quvonarlisi, ushbu nufuzli musobaqada O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining Suv sporti turlari kafedrasi sportchi talabalari faol ishtirok etib, bir qator yo‘nalishlarda yuqori natijalarga erishdilar.
🏆 Gʻolib va sovrindor talabalarimiz
SU 01–23 guruh
➡️Sadullayev Iskandar
🔘 200 m brass — 🥈-o‘rin
🟣 100 m brass — 🥇-o‘rin
🟡 50 m brass — 🥇-o‘rin
➡️Kleshko Mixail
➡️ 50 m chalkancha — 🥇-o‘rin
➡️ 50 m erkin usul — 🥇-o‘rin
➡️ 50 m batterflay — 🥇-o‘rin
➡️Siganenko Liliya
🔘 100 m batterflay — 🥇-o‘rin
SU 51–24 guruh
➡️Yaxshiyeva Sevara
🔘 100 m batterflay — 🥈-o‘rin
🔘 50 m erkin usul — 🥈-o‘rin
🔘 200 m erkin usul — 🥈-o‘rin
🔘 100 m erkin usul — 🥈-o‘rin
SU 01–22 guruh
Berkovich Roman
Iskandarova Parizod
🤝 🥇🥈Estafeta dasturlarida — 1–2-o‘rinlar
🎓 Talabalarning amaliy ko‘nikmalarini oshirish maqsadida “Suv sporti turlari nazariyasi va uslubiyati” kafedrasida tahsil olayotgan bir guruh talabalar hakamlik va tashkiliy jarayonlarga jalb etildi. Bu esa ularga kelajak faoliyati uchun muhim tajriba bo‘ldi.
🗣️ Musobaqa kafedra mudiri Izzatila Islamov tomonidan boshqarib borildi.