Bugun Voleybol, basketbol nazariyasi va uslubiyati kafedrasining basketbol yo‘nalishi bo‘yicha professor-o‘qituvchilari talabalar va volontyorlar bilan birgalikda Prezident Olimpiadasi doirasida o‘tkazilayotgan 3x3 basketbol musobaqasiga tashrif buyurdilar.
⚡️Tashrif davomida har bir uchrashuv tahlil qilinib, jamoalarning tayyorgarlik darajasi o‘rganildi. Shuningdek, musobaqani tashkil etish bo‘yicha zarur amaliy ko‘nikmalar mustahkamlandi.
🗣Ushbu jarayon kelgusida ta’lim sifatini oshirish va amaliy mashg‘ulotlarni yanada takomillashtirishga xizmat qiladi.