Diqqat, Eʼlon!
Qadrli talaba-yoshlar siz oliy taʼlim tizimidagi yangilik va o‘zgarishlarni tezkor ravishda bilib borishni istaysizmi? Shuningdek:
- sizda sport bilan birga jurnalistika sohasiga ham qiziqish bo‘lsa?
- yaxshigina qalam tebratib ijod olamiga tez-tez sayr qilib tursangiz?
- yoxud, o‘zingizni foto va videoga olishda mahoratliman deb o‘ylasangiz?
- eng asosiysi, talabalar hayotini qiziqarli tarzda yoritib beruvchi yangi loyihalar ko‘pu, biroq uni qanday boshlashni bilmayotgan bo‘lsangiz?
Unda ushbu loyiha aniq sizlar uchun!
O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining iqtidorli, ijodkor, kreativ fikrlaydigan, tashabbuskor talabalarini universitet Talabalar Media studiyasining doimiy va qadrli aʼzosi bo‘lishga taklif etamiz!
☎️Murojaatlar uchun telefon: +998 91 681-16-91.
Universitet Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi.