2025-yil 13-dekabr kuni O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida Sport kurashlari nazariyasi va uslubiyati kafedrasi tomonidan 🤼 erkin va yunon-rum kurashi bo‘yicha Rektor kubogi musobaqasi tashkil etildi.
✅Musobaqani universitetning Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Sherzod Mirzanov tantanali ravishda ochib berdi. Unda kafedra mas’ullari, professor-o‘qituvchilar, murabbiylar hamda ishtirokchi jamoalar qatnashdilar.
📑 Ta’kidlash joizki, sportchi talabalarni qamrab olgan mazkur musobaqa yangi iqtidorli sportchilarni kashf etish, shuningdek erkin va yunon-rum kurashi bo‘yicha universitet terma jamoasini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etdi.
🟡Musobaqa yakunida g‘oliblarga diplom va medallar, shuningdek musobaqani tashkil etish va o‘tkazishda jonbozlik ko‘rsatgan kafedra professor-o‘qituvchilariga tashakkurnomalar topshirildi.