Mazkur nufuzli musobaqalarda dunyoning 20 ga yaqin davlatidan 200 nafardan ortiq sportchi ishtirok etdi. Unda O‘zbekiston delegatsiyasi tarkibida Dzyudo, sambo nazariyasi va uslubiyati kafedrasi dotsenti Abdulla Tangriyev murabbiy sifatida faol qatnashdi.
✅Musobaqalar davomida O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zolari yuqori sport mahoratini namoyish etib, jami 8 ta medalni qo‘lga kiritdilar.
Medallar tarkibi:
🥈 2 ta kumush medal — Durdona Abdujabborova, Ravzaxon Adashiyeva
🥉 6 ta bronza medal — Xusniddin Xusanov, Abdukodir Usmonov, Farrux Komilov, Maksim Kochniyev, Durdona Abdujabborova, Ravzaxon Adashiyeva
📑Mazkur yuksak natijalar O‘zbekiston sumo sportining xalqaro maydondagi nufuzi tobora oshib borayotganidan dalolat beradi. Ushbu ulkan yutuq bilan barcha sportchilarimiz hamda murabbiylarimizni chin qalbdan tabriklaymiz va kelgusi musobaqalarda yanada katta muvaffaqiyatlar tilaymiz.