📑 Xabaringiz bor, 7-14-dekabr kunlari Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida yoshlar oʻrtasida V yozgi para Osiyo oʻyinlari boʻlib oʻtmoqda.
🔅Mazkur nufuzli musobaqada O‘zbekiston delegatsiyasi quyidagi sport turlari bo‘yicha ishtirok etmoqda:
🏃♂️ para yengil atletika
🥋 para taekvondo
💪 para boccia
🏊♀️ para suzish
💪 para armrestling
🥏 para pauerlifting.
🌎Quvonarlisi shundaki, para taekvondo sport turi bo‘yicha –57 kg vazn toifasida bahslarda ishtirok etgan O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti talabasi Kamola Jo‘rayeva musobaqaning bronza medali sohibasiga aylandi.
🥉Bronza:
Kamola Jo'rayeva (57 kg).
🟢Yosh sportchimizni ushbu yutuq bilan samimiy tabriklaymiz va kelgusidagi musobaqalarda ulkan zafarlar tilaymiz!