2025-yil 12-dekabr kuni O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti kurash zalida Dzyudo, sambo nazariyasi va uslubiyati kafedrasi tashabbusi bilan Sambo bo‘yicha “Kafedra ochiq birinchiligi” musobaqasi bo‘lib o‘tdi.
🗣Mazkur musobaqa talaba-yoshlar o‘rtasida sambo sport turini yanada ommalashtirish, sportchilarning texnik-taktik mahoratini oshirish hamda ularning musobaqaviy tajribasini boyitish maqsadida tashkil etildi. Bellashuvlar bir necha vazn toifalarida qizg‘in va murosasiz bahslar ostida o‘tdi.
🏆Musobaqa g‘olib va sovrindorlari:
58 kg vazn toifasi:
🥇1-o‘rin — Berdibekov Berdi
🥈2-o‘rin — Mingboyev Oybek
🥉3-o‘rin — Eshimov Javohir
🥉3-o‘rin — Amirov Mehmet
64 kg vazn toifasi:
🥇1-o‘rin — Tagiyev Ali
🥈2-o‘rin — Ummatillayev Xondamir
🥉3-o‘rin — Nazarov Ozod
🥉3-o‘rin — Obidjonov Baxrom
71 kg vazn toifasi:
🥇1-o‘rin — Yakubov Aziz
🥈2-o‘rin — Intiqmurodov Javohir
🥉3-o‘rin — Rashidov Ortiq
🥉3-o‘rin — Mirzamurodov Muhammad
88 kg vazn toifasi:
🥇1-o‘rin — Jo‘rayev Umar
🥈2-o‘rin — Abdug‘afforov Bilol
🥉3-o‘rin — O‘rinov Dilshod
🥉3-o‘rin — Burxonov Diyor
98 kg vazn toifasi:
🥇1-o‘rin — Abdurazzoqov Abdulloh
🥈2-o‘rin — Rajapov Lutfullo
🥉3-o‘rin — Vahobov Xurshid
🥉3-o‘rin — Soatov Ozod
✅Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindorlar diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Ushbu sport tadbiri talabalar o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish, ularning sportga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirishga xizmat qildi.