Kuni kecha O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida Sportni rivojlantirish vazirligi tomonidan tashkil etilgan Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlari maʼnaviy-marʼrifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlarining kasbiy, maʼnaviy-axloqiy, tarbiyaviy saviyasi va metodik tayyorgarligini oshirish hamda maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni samarali shakllari va usullarini joriy etish bo‘yicha qisqa muddatli malaka oshirish kursining ikkinchi kuni bo‘lib o‘tdi.
Unda Sportni rivojlantirish vazirligi sport-ta’lim va ilmiy muassasalar bilan ishlash boshqarmasi boshlig‘i M.Arziqulov, universitet Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori N.Dusanov, O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi mudiri N. Gʻafforov hamda malaka oshirish kursi tinglovchilari ishtirok etishdi.
Seminar davomida maʼnaviyat – insonning ulg‘ayish va kuch-qudrat manbaidir, milliy g‘oya va maʼnaviy hayot kabi mavzularda ma’ruzalar qilindi. Shuningdek, mutaxassislar tomonidan tinglovchilarga ma’naviy-ma’rifiy ishlarga oid me’yoriy-huquqiy hujjatlar bilan ishlash tartibi ko‘rgazmali taqdimotlar orqali batafsil tushuntirildi.