#kamondan_otish
🏹2025-yil 19-22 fevral kunlari O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida kamondan otish sport turi bo'yicha barcha yosh toifalarida O'zbekiston chempionati bo‘lib o‘tdi.
✔️Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan jami 300 nafardan ortiq sportchilar 18-metrdan, mix, olimpik raundi va jamoaviy dasturlar bo‘yicha shiddatli bahs olib bordilar.
🎉Musobaqaning tantanali taqdirlash marosimida O‘zbekiston kamondan otish federatsiyasi raisi, Milliy gvardiya qo‘mondoni, general-mayor Rustam Jo‘rayev, Sport vazirligi boshqarma boshlig‘i Akramjon Nizametdinov, Chirchiq Shahar hokimi Murodjon Abdurahimov hamda universitet rahbariyati ishtirok etdi hamda barcha dasturlarda g‘olib va sovrindor bo‘lgan sportchilar munosib taqdirlandi.
📍Ahamiyatlisi, mazkur chempionatda universitetimizning kamondan otish yo‘nalishdagi talabalari ham musobaqa tashkilotchisi va ishtirokchisi sifatida faol qatnashdilar.