#dolzarb_90kun
📌Prezident tashabbusi bilan yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga qaratilgan “Dolzarb 90 kunlik” dasturi doirasidagi qator amaliy ishlar O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida ham jadallik bilan olib borilmoqda.
✔️Jumladan, universitetning Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti raisi Sardor Eshpo‘latov Toshkent viloyati Parkent tumanida joylashgan 12-umumta’lim maktabida bo‘lib, u yerda tashkil etilgan sport to‘garaklari faoliyatini o‘rgandi.
📍O‘rganishlar davomida universitet vakili maktab o‘quvchilarini ommaviy sport turlariga keng jalb etish hamda sport to‘garaklari faoliyatini yanada yaxshilash bo‘yicha o‘z takliflarini bildirib, kelgusida ushbu yo'nalishdagi ishlar sifatini takomillashtirish yuzasidan ustuvor vazifalar belgilab olindi.