Ayni kunlarda Toshkentda MDH, Boltiqbo‘yi va Gruziya MOQ rahbarlari ishtirokidagi mintaqaviy forum bo‘lib o‘tmoqda. Ushbu forum doirasida Jismoniy tarbiya va sport sohasida dunyoning yetuk olimlari, Ukraina Fanlar akademiyasi akademiklari, pedagogika fanlari doktori, professor Platonov Vladimir Nikolayevich va Ukraina Olimpiya akademiyasi prezidenti, pedagogika fanlari doktori, professor Bulatova Mariya Mixaylovna O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida sohaning muhim mavzulari yuzasidan maʼruza o‘qishdi.
Dastavval, xorijiy mehmonlar universitetda talabalar uchun yaratilgan barcha qulayliklar bilan yaqindan tanishtirildi. Talabalar madaniyat saroyi, kutubxona, sport manejlari, boks zali, universitet muzeyi mehmonlarda katta taassurot qoldiridi.
Nufuzli mehmonlar universitetda olib borilayotgan ishlar va o‘zgarishlarni yuksak baholab, hamkorlikni yo‘lga qo‘yish maqsadga muvofiq ekanligini alohida taʼkidladi.
Shundan so‘ng, Olimlar professor-o‘qituvchilar, doktorantlar, mustaqil tadqiqotchilar hamda magistrlar uchun “Olimpiya o‘yinlarining tarixiy va madaniy merosi, Olimpiya taʼlim shakllari va mazmuni” va “Yuqori malakali sportchilarni ko‘p yillik tayyorgarligining zamonaviy tizimi” mavzularida maʼruza o‘qishdi.
Tinglovchilar sifatida 150 nafardan ortiq oliygohning professor-o‘qituvchilari, 60 nafar ziyod doktorantlar, mustaqil tadqiqotchilar hamda iqtidorlar magistrlar shuningdek Chirchiq olimpiya zaxiralari kollejidan tashrif buyurgan 30 nafardan ortiq sport mutaxassislik murabbiylari ishtirok etishdi.
Uchrashuv so‘nggida kelgan mehmonlarga universitet rektori Mahmudjon Boltabayev tomonidan “O‘zDJTSUning faxriy doktori” ilmiy unvoni va esdalik sovg‘alari topshirildi.
O‘zDJTSU matbuot xizmati