#kurash
#xalqaro_seminar
🇺🇿Joriy yilning 5-12-may kunlari KURASH vatani Poytaxti – Toshkent shahrida 🤼♂️kurash bo‘yicha yirik nufuzli seminarlar bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
✅Mazkur seminarlar doirasida Xalqaro Kurash instituti tomonidan 3 oylik onlayn o‘quv kursini yakuniga bag‘ishlangan amaliy mashg‘ulotlar va “Road Asian Games” dasturi bo‘yicha ITO (xalqaro texnik rasmiylar)larni reyting imtihonlari tashkil etilib, unda 10 dan oshiq mamlakatdan 20 dan ortiq kurash mutaxassislari ishtirok etmoqda.
📍Xususan, navbatdagi seminar va amaliy mashg‘ulotlar O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida tashkil etildi va bu jarayonlarga kurashchi talabalar hamda professor-o‘qituvchilar jalb etildi.