#sport_sinovlari
🗓Bugun, 8-may kuni Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida “Talabalar festivali” doirasida “Jismoniy tayyorgarlik darajasi” sport sinovlariga ramziy start berish marosimi bo‘lib o‘tdi.
✔️Jumladan, ushbu tantanali tadbirda Toshkent viloyatida joylashgan oliy ta’lim muassasalari rektorlaridan iborat jamoa O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida onlayn tarzda ishtirok etdi.
☄️Aytish joizki, mazkur "Jismoniy tayyorgarlik darajasi" sport sinovlari talabalar uchun kuch, tezlik, chidamlilik, egiluvchanlik va chaqqonlik sifatlarini sinovdan o‘tkazishga keng imkoniyat yaratadi.
📌Ma'lumot o'rnida, sport sinovlari oliy ta’lim muassasalarida 15-may kunidan boshlab qabul qilinib, uni topshirish uchun my.sport.uz platformasi orqali ro‘yxatdan o‘tish mumkin.