#UNIVERSIADA_2025
#talaba_yutuqlari
✅Oliy ta’lim muassasalari talaba-yoshlaridan iborat hududiy jamoalar o‘rtasida bo‘lib o‘tayotgan “Universiada-2025” sport musobaqalari yangi iqtidor egalarini kashf etishda davom etmoqda.
🏃♂️🏃🏻♀️Jumladan, Samarqand viloyatida sportning yengil atletika turi bo‘yicha mazkur musobaqaning final bosqichi bo‘lib o‘tkazilib, unda yuqori natijalar qayd etildi.
📍E’tiborlisi, jamoalar o‘rtasida kechgan qizg‘in bahslar yakunida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti talabalaridan iborat Toshkent viloyati terma jamoasi 🥇11 ta oltin, 🥈6 kumush va 🥉3 ta bronza medali bilan tengsiz deb topilib, musobaqa chempioniga aylandi.
👏💐Sportchi talabalarimizga ofarin! Barakalla shovvozlar!