#universitet_birinchiligi
Diqqat E'lon!!
Qadrli universitetimiz talaba-yoshlari!
🤸Sizlarni 2025-yil 12-may sanasida Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Gimnastika sport turlari nazariyasi va uslubiyati kafedrasi tomonidan 9-may – Xotira va qadrlash kuni hamda "Sportchi — yurt himoyachisi" shiori ostida talaba-yoshlar orasida sog‘lom turmush tarzi va ommaviy sportni targ‘ib etishga qaratilgan respublika sport oyligiga bag‘ishlab o‘tkaziladigan badiiy gimnastika bo‘yicha Universitet birinchiligi musobaqasiga taklif etamiz.
🔽Ushbu musobaqada universitetimizning barcha ixtisoslik kafedralari talabalari ishtirok etishi mumkin. Talabanomalar 2025-yil 10-may kuniga qadar qabul qilinadi.
⏱🏠Musobaqa o'tkazish vaqti va joyi: 12-may kuni soat 14:00 da “A” bino, gimnastika zali.
📞Qoʻshimcha maʼlumotlar uchun telefon: +99897 871-07-60.
Barcha badiiy gimnastikasi ixlosmandlarini musobaqada kutib qolamiz!