#9_may_Xotira_va_qadrlash_kuni
🏆O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining Futbol nazariyasi va uslubiyati kafedrasi tomonidan 9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan talabalar ishtirokida poytaxtimizda joylashgan 🕌"Shahidlar xotirasi" yodgorlik majmuiga sayohat uyushtirildi.
📍Mamlakatimiz va xalqimizning ijtimoiy, madaniy-ma’naviy hayotida ulkan ahamiyatga ega bo'lgan ushbu tabarruk ziyoratgohning barpo etilish tarixi talabalarda katta taassurot qoldirdi va yurt tinchiligi yo'lida jon fido etgan ajdodlarimiz haqidagi bilimlarini yanada mustahkamladilar.