#xalqaro_hamkorlik
Xabaringiz bor, joriy yilning 14-noyabr kuni Samarqand shahrida O‘zbekiston – Turkiya II ta’lim forumi bo‘lib o‘tdi.
Unda Turkiya oliy ta’lim kengashi rahbariyati, 40 dan ortiq Turkiyaning nufuzli oliygohlari hamda 50 dan ortiq O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari rektor va prorektorlari qatnashdi.
Jumladan, forum doirasida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektori J.Zarifboyev boshchiligidagi universitet jamoasi ham ishtirok etib, Turkiyaning Yalova, Marmara hamda Trabzon singari yetakchi universitetlari bilan hamkorlik Memorandumlari imzolanishiga erishildi.