#️⃣9_may_Xotira_va_qadrlash_kuni
⚡️Mazkur shior ostida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti talabalarining 9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan poytaxtimizda joylashgan Xotira va qadrlash maydoniga sayohati qizg'in davom etmoqda.
🔽Navbatdagi sayohat Voleybol, basketbol nazariyasi va uslubiyati kafedrasi tomonidan tashkil etildi. Kafedra mas'ullari va talabalar ushbu yodgorlikdagi Ulugʻ Vatan urushida mardonavor jang qilgan, og‘ir mashaqqat va musibatlarni boshdan kechirgan qahramonlar va xalqimiz asrlar davomida orzu qilgan erkinlik uchun o‘z jonini qurbon qilgan oʻzbek askarlari haqida qimmatli ma'lumotlarga ega bo'lib, Motamsaro ona haykali poyiga gulchambarlar qo'yishdi.
✔️Bir so‘z bilan aytganda, ushbu sayohat ajdodlarimiz xotirasini yod etish, yoshlar oʻrtasida mazkur kunning mazmun mohiyatini targʻib qilish va qahramonlar xotirasi abadiyligini taʼminlashga o‘z hissasini qo‘shdi.