#️⃣seminar
📊2025-yil 8-may kuni O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida barcha ixtisoslik kafedralarining professor-oʻqituvchi va mas’ullariga talabalarning Ishlab chiqarish amaliyotini tashkil qilish yuzasidan oʻquv seminari bo‘lib o‘tdi.
📌Mazkur seminar jarayonlari Oʻquv-uslubiy boshqarma boshligʻi L.Xolmurodov, Ta’limning kredit tizimini boshqarish boʻlimi boshligʻi Sh. Xaydorov hamda Talabalar amaliyoti va bandligini ta’minlash boʻlimi boshligʻi S.Alfayzov tomonidan olib borildi.
✅Unda mutaxassislar tomonidan mas'ullarga talabalarning ishlab chiqarish amaliyotini tashkil qilish bo‘yicha me’yoriy hujjatlar va ular bilan ishlash haqida batafsil ma'lumot berildi.