#kafedralar_faoliyatidan
#Xotira_abadiy_qadr_muqaddas
🎾🏸🏓🏀Joriy yilning 7-may kuni universitetning Xotin qizlar bilan ishlash bo‘limi, Tennis, badminton, stol tennisi hamda Voleybol, basketbol nazariyasi va uslubiyati kafedralari hamkorligida 9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan O'zbekiston xalq shoirasi, o'zbek adabiyotining she'ryurak ijodkori Halima Xudoyberdiyeva xotirasiga bag‘ishlab adabiy kecha o'tkazildi.
🔼Unda oliygoh Xotin-qizlar bilan ishlash boʼlimi va kafedralar masʼullari, tyutorlar hamda bir guruh she’riyatga qiziquvchi talaba-qizlar ishtirok etdi.
🔈Adabiy kecha davomida shoiraning hayoti va ijodi, uning oʻzbek sheʼriyati rivojiga qoʻshgan beqiyos hissasi haqida soʻz yuritildi. Shuningdek, tadbir davomida so‘z olganlar shoiraning samimiy she'rlari, unda yashiringan chuqur maʼno va ularning nechog‘liq inson ruhiyati bilan chambarchas bog‘liqligi to‘g‘risida fikrlar bildirildi.
📖Shundan so‘ng talaba-qizlar tomonidan sevgi, sadoqat, mehr va muruvvat kuychisi Halima Xudoyberdiyeva ijodiga tegishli sheʼrlaridan namunalar keltirildi.