#Tadbir
Vatan muqaddas, uni asramoq – mardlarga xos
Hurmatli sportchilar oilasining tinib-tinchimas jamoasi hamda har jihatdan faol va ilmga chanqoq talaba-yoshlar!
Joriy yilning 24-yanvar kuni soat 10:00 da O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti madaniyat saroyida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 31-yilligi va Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan “Vatan muqaddas, uni asramoq – mardlarga xos” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy, badiiy musiqiy tadbir o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Tadbir davomida sizlarni harbiylar ishtirokidagi o‘ziga xos ko‘rgazmali chiqishlar, O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti hamda harbiy qismlar o‘rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumlarini imzolash jarayonlari, shuningdek, kuy-qo‘shiqlarga boy bo‘lgan tantanali bayram konserti kutmoqda.
Barcha rahbar va ishchi xodimlar, professor-o‘qituvchilar, tyutorlar hamda talaba- yoshlarni bayram tadbiriga taklif etib qolamiz!