KAFEDRA TARIXI
O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti 1955 yil Toshkent shahrida tashkil etilgan bo‘lib, shu yili Yengil atletika kafedrasi ham tashkil topgan. Dastlab kafedra a’zolari Rossiyaning Moskva, Leningrad shaharlarining markaziy oliygohlarining yetakchi mutaxassislari, bitiruvchilari va Nizomiy nomidagi Toshkent pedagogika institutini yengil atletika bo‘yicha tamomlagan o‘qituvchilardan tarkib topgan. Ulardan – L. A. Lebedyanskaya, N.V. Barishev, A. A.Vink, V. I. Nikulenkov, L. A. Malixina, Y. N. Puzanov, V. I. Afanasevlar kafedraning birinchi professor-o‘qituvchilaridan sanaladi.
1955-1956 va 1962-1966 yillarda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan murabbiy Nikolay Nikolayevich Bikov kafedra mudiri bo`lib faoliyat yuritgan. O‘sha yillari kafedrada yetakchi mutaxassislardan O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan murabbiylar V. I. Barishev, A. A. Vinklar faoliyat yuritgan. 1956-1962 yillarda O‘zbekiston Respublikasida birinchi bo‘lib yengil atletika sohasida pedagogika fanlari nomzodi dissertatsiyasini himoya qilgan L. A. Lebedyanskaya kafedraga rahbarlik qilgan. 1959 yildan Yengil atletika kafedrasi jamoasi Nizomiy nomidagi Toshkent pedagogika instituti bitiruvchisi Y. N. Puzanov va O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya institutining yengil atletika mutaxasisligi bo‘yicha birinchi bitiruvchilaridan Y. A. Krasilnikov, G. G. Arzumanov, A. V. Taranova kabi yosh mutaxassislar bilan kengaydi.
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan murabbiy V. I. Barishev o‘quv metodik ishlar bilan bir vaqtda trenirovka mashg‘ulotlarini olib borib, uch hatlab sakrash bo`yicha Oleg Ryaxovskiyni jahon chempioni va rekordchisi sifatida dunyoga tanitdi. 1970-1974 yillar oralig‘ida Yengil atletika kafedrasi mudirligiga pedagogika fanlari nomzodi X. T. Rafiyev tayinlanadi va birinchi bo‘lib bo‘yicha N.G.Ozolinning Yengil atletika darsligini o‘zbek tiliga tarjima qiladi hamda ko‘plab o‘quv adabiyotlarni o‘zbek tilida tayyorlab nashrdan chiqarishda jonbozlik ko‘rsatadi. Uning rahbarligida kafedraning o`quv, metodik va sport ishlarida ijobiy natijalarga erishildi.
1975-1986 yillarda kafedraga O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan murabbiy, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent G. G. Arzumanov rahbarlik qilgan. U kafedrada 1961-yildan 2008-yilga qadar faoliyat yuritgan. Shu yillar davomida juda ko‘plab XTSU, SU, SUN sportchilarni yetishtirib chiqargan. 1979-yilda Yengil atletika kafedrasi 2 ga bo‘linib trenerlar (yakkakurash) fakultetiga va pedagogika fakultetlariga bo‘lindi.1986-1987 yilga qadar yengil atletika kafedrasi mudiri lavozimida Yengil atletika bo‘yicha Butunittifoq toifasidagi hakam L.A.Malixina faoliyat yuritgan. 1987-1999 yillarda kafedraga biologiya fanlari nomzodi, professor E.R.Andris rahbarlik qilgan.
Pedagogika fakulteti yengil atletika kafedrasi mudiri lavozimiga 1979-1995 yillarda O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan murabbiy, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent Klara Tashkenbaevna Shokirjanova rahbarlik qiladi. Uning qo‘l ostida juda ko‘plab SU, SUN sportchi va ommaviy razryadli sportchilar tayyorlangan. 1996 yildan boshlab kafedralar yana birlashtiriladi. 1997-1999 yillarda kafedrani biologiya fanlari nomzodi, professor Andris Egon Robertovich rahbarlikni davom ettiradi. E.R.Andris kafedra rahbarligi bilan birga Yengil atletika Federatsiyasida kompleks ilmiy guruh rahbari sifatida ham faol ish olib boradi.
1999-2001 yillarda kafedra mudiri lavozimiga pedagogika fanlari nomzodi, professor R.Q.Qudratov tayinlandi. R.Q.Qudratov mudirligi davrida kafedrada metodik qo‘llanmalar, namunaviy dasturlar va testlar bo‘yicha materiallar Davlat tilida chiqarilgan. 2002 yildan R.Q.Qudratov O‘zDJTI rektori lavozimiga tayinlandi. 2001-2004 yillari Yengil atletika kafedrasi mudirligini katta o‘qituvchi T.R.Rasulova boshqardi. U 1978-1980 yillarda ilmiy izlanishlar olib borgan. Ilmiy tadqiqot natijalari Respublika terma jamoasi sportchilarning mashg‘ulot jarayoniga tadbiq etilgan. 2004-2008 yillarda Yengil atletika kafedrasi mudirligiga p.f.n., dotsent L.V.Smurigina kafedra mudiri lavozimiga tayinlandi. Uning tomonidan 50 dan ortiq ilmiy ishlar qilingan,10 ta o‘quv-uslubiy qo‘llanma,1 ta qo‘llanma,1 ta darslik va 10 dan ortiq maqolalari xorijiy jurnallarda nashrdan chiqqan.
2008 yilda yengil atletika va og‘ir atletika kafedrasi birlashtiriladi. Kafedraga yosh iste’dodli olim, pedagogika fanlari nomzodi Rashid Masharipovich Matkarimov rahbarlikka tayinlandi. Uning rahbarligda 2008-2010 yillar davomida kafedrada K.F.Bayazitov, N.T.To‘xtaboev va Y. N. Chernikovalar pedagogika fanlari nomzodi ilmiy unvoniga erishdi. 2010 yilning fevral oyidan boshlab yosh iste’dodli olim p.f.n. N.T.To‘xtaboyev kafedra mudirligi lavozimiga tayinlandi. N.T.To‘xtaboyev jismoniy tarbiya sohasidagi o‘qituvchilarni kasb mahoratini oshirish bo‘yicha o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar muallifidir va hammualiflikda bir nechta o‘quv qo‘llanma va 4 ta darslikni nashrdan chiqarishda o‘z xissasini qo‘shdi. N.T.To‘xtaboyev 2010-2013 yilar davomida Yengil atletika Federatsiyasi tomonidan o‘tkazilgan yengil atletika bo‘yicha musobaqalarni kafedra jamoasi bilan yuqori darajada tashkil etish va o‘tkazilishida o‘z xissasini qo‘shdi. 2013 yil 2 sentyabrdan p.f.n., dotsent M.S.Olimov Yengil atletika, og‘ir atletika va velosport nazariyasi va uslubiyati kafedrasi mudirligiga tayinlandi.
2018 yil O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti negizida O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti tashkil etilishi munosabati bilan “Yengil atletika nazariyasi va uslubiyati” kafedrasi deb yuritila boshlandi. M. S. Olimov kafedra mudiri lavozimida faoliyat yuritgan kundan boshlab kafedrani ilmiy salohiyatini oshirish, kadrlar bilan ta’minlash masalalariga hamda zamonaviy adabiyotlar bilan ta’minlashga e’tibor qaratdi. 2019 yildan Universitetda yangi yo`nalishlar ochildi va ulardan biatlon hamda triatlon ihtisosliklari kafedraga biriktirildi. Kafedrada 2013-2019 yillar davomida ixtisoslik bo‘yicha 6 ta darslik, 6 ta o‘quv qo‘llanma 50 dan ortiq o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar tayyorlandi. Shu bilan birga 50 dan ortiq ilmiy maqolalar mahalliy va xorijiy jurnallarda nashrdan chiqarildi. M.S.Olimov rahbarligida kafedrada 20 nafardan ortiq magistrlar tayyorlanib dolzarb mavzularda dissertatsiya ishlarini himoya qilidilar. Shuningdek, 10 nafar XTSU, 50 nafardan ziyod SU, 150 nafardan ortiq SUN va ommaviy sportchilar va pedagogik kadrlar tayyorlanib ta’lim tizimiga yetkazib berildi.
2020 yil 21 yanvardan kafedraga yosh mutaxasis Soliyev Iqrorjon Roziqovich kafedra mudiri etib tayinlandi.Uning boshchiligida kafedra professor-o’qituvchilari o’quv, o’quv-uslubiy, ilmiy tadqiqot, sport va ma’naviy ma’rifiy ishlarni keng qamrovli jihatlarini yanada takomillashtirish uchun oldiga istiqbolli rejalarni tuzib va uni amalda bajarishga kirishdi.
Shu bugungacha ilmiy tadqiqot ishlarida belgilab olingan istiqbolli rejaga asosan 1 nafar fan dokroti Olimov Muxsinbek Sotivoldiyevich, p.f.d., DSc, 7 nafar pedagogika fanlari falsafa dokroti ilmiy darajasini olish uchun dissertasiyalar himoya qilindi. Ulardan Soliyev Iqrorjon Roziqovich, Sultonov Usmon Ibragimovich, Burnashev Rashid Axadovich, Xo’jamkeldiyev G’afur Sulton o’g’li, Ruzamuxamedov Kamoliddin Faxriddinovich, Baratov Akmaljon Muxammadjonovichlar shular jumlasidandir.2022-2023 o’quv yilining o’zida kafedranig professor o’qituvchilaridan Soliyev Iqrorjon Roziqovich, G’aniboyev Ixtiyor Davlataliyevich, Xaydarov Bekzod Shukuraliyevich, Yusupov Ibrohim Abdumutalovich va Davlatyorova Laylo Baxodirovnalar dotsent ilmiy unvonini olishdi.2023-2024 o’quv yilida kafedra professor o’qituvchilaridan Memetov Rustem Useinovich hamda Aqmonov Botir Omonboyevichlar dotsent ilmiy unvonini olishdi.Kafedraning halqaro aloqalari doirasida 4 ta xorijiy universitetlar bilan aloqalar o’rnatilib, soha doirasida salmoqli ishlar amalga oshirildi. Xususan, 2 darslik, 4 o’quv qo’llanma va 2 ta hamkorlikda maqolalar chop etildi. Shu bilan birga Rossiya Federatsiyasining Belgorad davlat texnologiyalari universiteti, Moskva davlat qurilish universiteti, Belgorod davlat yuridik universitetlari hamkorligida 2023 yil 25-26 aprel kunlari halqaro ilmiy anjuman o’tkazildi.
Kafedra jamoasi Yengil atletika Federatsiyasi tomonidan yengil atletika bo‘yicha yurtimizda o‘tkazilib kelinayotgan Respublika va xalqaro miqiyosidagi barcha musobaqalarni yuqori darajada tashkil etish va o‘tkazilishida o‘z xissasini qo‘shib kelmoqda. Shuningdek kafedrada tahsil olayotgan talabalardan 5 nafar XTSU, 20 nafardan ziyod SU, 50 nafardan ortiq SUN va ommaviy sportchilar va pedagogik kadrlar tayyorlanib ta’lim va sport tizimiga yetkazib berildi.
KAFEDRA PROFESSOR-O`QITUVCHILARI TOMONIDAN CHOP ETILGAN ADABIYOTLAR HAQIDA MA’LUMOT
KAFEDRA PROFESSOR O`QITUVCHILARI TARKIBI
Kafedra professor-o`qituvchilarining tayanch ma`lumoti, ilmiy daraja, ilmiy unvon va ixtisosliklari kafedra ixtisosiga mos keladi. Kafedrada 14.5 shtat birligi mavjud bo‘lib 1 ta kafedra mudiri, 2.5 ta professor, 3.75 ta dotsent, 5.75 nafar katta o‘qituvchi va 1.5 o‘qituvchilardan tarkib topgan.
Dotsent, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (Phd)
Kafedra mudiri: Soliyev Iqrorjon Roziqovich
E-mail: iqrorzhon@mail.ru
Professor: Shakirjanova Klara Tashkenbayevna
E-mail: klara@inbox.ru
Professor : Olimov Muxsinbek Sotivoldiyevich
E-mail: m_olimov@gmail.com
Professor v.b: Smuriygina Larisa Vladimirovna
E-mail: larisa@inbox.ru
Dotsent: G‘aniboyev Ixtiyor Davlataliyevich
E-mail: ganiboyev1979@mail.ru
Dotsent v.b: Baratov Akmaljon Muxammadjonovich
E-mail: akmalbaratov86@mail.ru
Dotsent: Xaydarov Bekzod Shukuraliyevich
E-mail: xaydarovbsh@mail.ru
Dotsent : Aqmonov Botirbek Omonboyevich
E-mail: botirjon1989@gmail.com
O`qituvchi: Mirzatillayev Isroil Ilhomovich
E-mail: mirzatillayevisroil@gmail.com