KAFEDRANING TARIXI
Sport o‘yinlari kafedrasiga 1955 yilda – institut tashkil etilgan vaqtda voleybol, basketbol, futbol, tennis, qo‘l to‘pi va suzish bo‘yicha yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash vazifasini amalga oshirish maqsadida asos solindi. 1956-57 o‘quv yilida kafedra tarkibidan suzish ixtisosligi ajralib chiqdi. 1959 yilda Respublika birinchi bor o‘zining 36 nafar oliy ma’lumotli mutaxassisiga ega bo‘ldi: voleybol bo‘yicha – 9, basketbol bo‘yicha – 11, futbol bo‘yicha – 15, tennis bo‘yicha esa 1 nafar va bu yosh mutaxassislar keyinchalik ishlash uchun O‘zbekistonning turli hududlariga taqsimlandilar.
1966-67 o‘quv yilida kafedradan futbol va qo‘l to‘pi ixtisosliklari mustaqil kafedra sifatida faoliyat olib borish uchun ajralib chiqdi. 2000 yildan kafedra “Sport va milliy o‘yinlar kafedrasi” deb atala boshladi. 2018 yildan institut O‘zbekiston jismoniy tarbiya va sport universiteti maqomini olgandan so‘ng kafedra “Voleybol, basketbol nazariyasi va uslubiyati” kafedrasi deb atala boshladi.
Institutga asos solingan kundan boshlab (1955) sport o‘yinlari kafedrasining birinchi mudiri O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan murabbiy V.X.Shnurov bo‘lib, u kafedraga 1960 yilga qadar rahbarlik qildi. Turli yillarda jamoani O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan murabbiy Keshishev G.L. (1960-1968), O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan murabbiy Shveduks V.F. (1968-1970), O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan murabbiy Itskov I.I. (1970-1972), professor Rasulev O.T. (1972-1974), dotsent Qosimov A.Sh. (1974-1984), professor, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan murabbiy Ayrapetyans L.R. (1984-2016), pedagogika fanlari nomzodi, dotsent Kdirova M.A. (2016-2018), xalqaro toifadagi sport ustasi, dotsent Ashurkova S.F. (2018-2022), PhD, dotsent Ummatov A.A. 2022 yil sentyabrdan kafedra mudiri bo`lib tayinlandi. 2023-yildan Boltayev A.A. sentyabrdan kafedra mudiri bo‘lib tayinlandi.
Kafedraning professor-o‘qituvchilari tarkibi tomonidan ko‘plab monografiyalar, darsliklar, o‘quv qo‘llanmalari, usuliy qo‘llanmalar, usuliy tavsiyanomalar, ilmiy maqola va tezislar tayyorlanib, nashr ettirilgan. Kafedra o‘qituvchilari, aspirantlari, mustaqil tadqiqotchilari, magistrantlari hamda talabalari tomonidan sport, o‘quv va kasbiy-mehnat faoliyati amaliyotiga turli tavsiyalar tatbiq etildi.
Kafedraning fan doktori ilmiy darajasi va professor unvoniga ega bo‘lgan bitiruvchi hamda o‘qituvchilari: Ayrapetyans L.R., Koshbaxtiev I.A., Rasulev O.T., Rixsieva O.A., Usmonxo‘jaev T.S.; fan nomzodi darajasi va dotsent unvoni sohiblari: Alimxo‘jaeva Ch.R., Botirov X.A., Bezverxov V.P., Dukalskaya A.V., Qosimov A.Sh., Po‘latov A.A., Sergeev G.M.
Kafedra bitiruvchilari va xodimlari jumlasiga: O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan trenerlar – X.Abbosov, T.Abramova, S.Abidov, L.Ayrapetyans, V.Badaev, G.Bagirov, A.Voxidov, L.Velichko, M.Galperin, L.Gurfinkel, G.Dashevskiy, A.Izrailov, A.Elkin, R.Ibragimov, R.Itskov, V.Kamelzon, G.Keshishev, V.Kinshakov, L.Lopatin, N.Prokofeva, V.Pushkarev, N.Stepanov, F.Sultanbekov, I.Tashmuxamedov, V.SHveduks, V.X.Shnurov;
xalqaro toifadagi hakamlar – L.Ayrapetyans, A.Velichko, M.Jukov, V.Kuleshov, M.Sirotenko, N.Stepanov; milliy toifadagi hakamlar – R.Avetisyan, V.Bausov, G.Dashevskiy, L.Elkin, I.Itskov, G.Keshishev, A.Koneev, L.Korchagina, V.Kolyujniy, V.Pushkarev, YA. Ribalskiy, V.Shveduks, V.X.SHnurov, V.V.Shnurov; xizmat ko‘rsatgan sport ustalari – A.Jarmuxamedov, R.Salimova, E.Tornikidu; xalqaro toifadagi sport ustalari – S.Ashurkova, P.Zborovskaya, M.Inoyatov, D.Istomin, I.Isroilova, M.Martinenko, L.Pavlova, V.Semina, L.Suleykina, O.Xo‘jaeva, E.SHmitova; 80 kishidan ziyod sport ustalari kiradi.
Kafedra faoliyat ko‘rsatgan turli yillar mobaynida uning tarkibida quyidagi mutaxassislar ish olib bordilar: voleybol - A.Bagirova, V.Bardin, V.Bausov, A.Dukalskaya, L.Gaar, Sh.Ismoilov, A.Karimov, L.Korchagina, G.Levin, A.Omarova, B.Pokrovskiy, A.Tunyan, G.Xudyakov, E.SHmitova; basketbol – X.Abbasov, F.G‘anieva, M.Galiev, N.Glebova, R.Zabirov, V.Zapuskalova, X.Ismatullaev, R.Itskov. L.Kuchina, A.Pleshakov, A.Portnova, N.Sokolova, V.Sushko, A.Tubalov, V.To‘raxodjaev, M.To‘raxodjaeva, M.Qosimova, M.Qurbonova, G.YAkubov; tennis – X.Abidova, V.Bezverxov, M.Gaziev, CH.Olimxo‘jaeva, N.Umarova, SH.CHebotarev.
2018 yildan institut O‘zbekiston jismoniy tarbiya va sport universiteti maqomini olgandan so‘ng kafedra “Voleybol, basketbol nazariyasi va uslubiyati” kafedrasi deb atala boshladi.
BUGUNGI KUNDA BAKALAVRLARGA KAFEDRADA QUYIDAGI FANLAR BO`YICHA MA`RUZA VA AMALIY MASHG`ULOTLAR OLIB BORILMOQDA:
PROFESSOR-O`QITUVCHILAR TOMONIDAN NASHR ETILGAN АDABIYOTLAR
KAFEDRANI HAMKORLIK ALOQALARI
KAFEDRADA FAOLIYAT OLIB BORAYOTGAN PROFESSOR-O‘QITUVCHILAR
Kafedra professor-o`qituvchilarining tayanch ma`lumoti, ilmiy daraja, ilmiy unvon va ixtisosliklari kafedra ixtisosligiga mos keladi. Hozirgi kunda “Voleybol, basketbol nazariyasi va uslubiyati” kafedrasida 4 ta professor, 4 ta dotsent, 4 ta fan nomzodi, (PhD), 16 ta o‘qituvchilar faoliyat ko‘rsatmoqdalar.
Pedagogika Fanlar bo‘yicha Falsafa Doctori (PhD) professor
Kafedra mudiri: Ummatov Akram Axmedovich
E-mail: ummatovakram@mail.ru
Pedagogika fanlar bo`yicha Falsafa Doctori (PhD), Oliy toifadagi sport hakami
Boltayev Akmal Akromovich
E-mail: boltayevakmal@mail.ru
Kafedra professori: Pulatov Azad Artikovich
Milliy toifadagi hakam, “Jismoniy tarbiya va sport a’lochisi” ko‘krak nishoni sohibi.
E-mail: a.pulatov@uzdjtsu.uz
Ashurkova Svetlana Fyodorovna
Kafedra professori, Voleybol bo‘yicha xalqaro toifadagi sport ustasi, Oliy toifali hakam.
O‘zbekiston voleybol bo‘yicha ayollar terma jamoasi murabbiyi.
E-mail: svetlana_ashurkova@mail.ru
Kafedra dotsenti: Ganiyeva Fatima Vaxabovna
E-mail: f.ganieva@uzdjtsu.uz
Kafedra dotsenti: Karimov Baxtiyor Ziyoviddinovich
E-mail: baxtiyor.karimov1303@gmail.com
Kafedra katta o‘qituvchisi: Umbetova Mamura Abduvakilovna
E-mail: m.umbetova@uzdjtsu.uz
Pulatov Farxod Azadovich
Kafedra v.b.dotsenti, Pedagogika Fanlar bo‘yicha Falsafa Doctori (PhD)
E-mail: farxod_pulatov@bk.ru
Nurmatova Shaxnoza Murodulla qizi
Pedagogika Fanlar bo‘yicha Falsafa Doctori (PhD)
E-mail: sh.nurmatova@uzdjtsu.uz
Kafedra katta o‘qituvchisi: Ismoilov Dilmurod Xamidjonovich
E-mail: d.ismoilov@uzdjtsu.uz
Kafedra katta o‘qituvchisi: Toshpulatov Xasan Murodulla o`gli
E-mail: toshpulatov.jtsu@gmail.com
Tun’yan Alyona Andreyevna
Kafedra katta o‘qituvchisi Sport ustaligiga nomzod
E-mail: tunalena@gmail.com
Abatova Gulzar Nurlan qizi
Kafedra katta o‘qituvchisi Sport ustaligiga nomzod
E-mail: belemg23@icloud.com
G’ulomov Nozimjon Soyibjon o‘g’li
Kafedra o‘qituvchisi Sport ustaligiga nomzod.
E-mail: n.gulomov@uzdjtsu.uz
Abdulxayeva Zulfiyaxon Axmad qizi
Kafedra o‘qituvchisi Sport ustasi
E-mail: z.abdulxayeva@uzdjtsu.uz
Kafedra o‘qituvchisi: Vaisova Gulchexra Allaberganovna
E-mail: g.vaisova@uzdjtsu.uz
Kafedra o‘qituvchisi: Yusupova Muxaramoy Nuriddin qizi
E-mail: mukharramoyy@gmail.com
Kafedra o‘qituvchisi: Madalimov Baxtiyar Yuldashevich
E-mail: b.madalimov@uzdjtsu.uz
Kafedra o‘qituvchisi: Yakubov Abdurauf Abdukasimovich
E-mail: abduraufmuhabbat@gmail.com
Yoqubova Oyatxon Mirzoxid qizi
Kafedra o‘qituvchisi Sport ustasi
E-mail: yokubovakhayot5551@gmail.com
Kafedra o‘qituvchisi: Sultanbayeva Nodira Faxriddin qizi
E-mail: sultanbayeva@uzdjtsu.uz
Kafedra o‘qituvchisi: O‘mirzaqov Javoxir
E-mail: javohirumirzoqov@mail.ru