Kuni kecha universitetda Yakkakurash sport turlari fakulteti tomonidan dekan va talabalar uchrashuvi o‘tkazildi.
Unda fakultet dekani, professor S.Tajibayev, dekan o‘rinbosarlari, kafedra mudirlari hamda talabalar ishtirok etishdi.
Uchrashuv davomida talaba-yoshlarni qiynayotgan muammolar va ularning yechimiga qartilgan masalalar ko‘rib chiqildi. Shuningdek, ular o‘rtasida do‘stona raqobatni yuzaga keltirish maqsadida sport musobaqalari, ma’naviy-ma’rifiy, musiqiy va badiiy kechalar tashkil etilishi, xorijiy tillardan o‘quv kursiga qatnayotgan talabalarni doimiy qo‘llab-quvvatlanishi alohida ta’kidlandi.
Uchrashuv yakunida esa fakultetning iqtidorli talabalari diplom bilan taqdirlandi.