Joriy yilning 14-oktabr kuni O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida “Jaholatga qarshi maʼrifat” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Unda Toshkent viloyati IIBB terorizm va ekstremizmga qarishi kurashish boshqarmasi boshlig‘i S.Norov, O‘zbekiston Respubliksi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita masʼul xodimi, O‘zbekiston Xalqaro Islom Аkademiyasi doktoranti J.Milliqo‘ziyev, universitet Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼirifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori N. Dusanov, shuningdek, fakultet dekanlarining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarlari, tyutorlar hamda talaba- yoshlar ishtirok etishdi.
Tadbir davomida talabalarni yod g‘oyalar taʼsiridan asrashga bag‘ishlangan videolavhalar namoyish etildi.