Xabaringiz bor, joriy yilning 13-16 oktabr kunlari Quvaytda 18 yoshgacha bo‘lgan sportchilar o‘rtasida yengil atletika bo‘yicha Osiyo chempionati (Kuweit 2022 U18 Asian Championships) start oldi.
Chempionatning dastlabki kunlaridan boshlab sportchilarimiz o‘zlarining munosib ishtirokini namoyish etishdi. Jumladan, O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti yengil atletika yo‘nalishining 1-bosqich talabasi Barnoxon Sayfullayeva balandlikka sakrash bahslarida 184 sm natijani qayd etgan holda musobaqaning oltin medaliga sazovor bo‘ldi!
Barakalla BARNOXON!!!
Eslatib o‘tamiz, Barnoxon Sayfullayeva universitetning Yengil atletika nazariyasi va uslubiyati kafedrasi katta o‘qituvchisi K.Ruzamuxamedovning shogirdi hisoblanadi.