Xabaringiz bor, ayni kunlarda og'ir atletika bo'yicha kattalar o‘rtasidagi Osiyo chempionatiga Manama shahri mezbonlik qilmoqda. Kuni kecha, ushbu musobaqada Ko'pkurash sport turlari fakulteti talabasi Muhammadqodir Toshtemirov 2 ta kumush va 1 ta bronza medalini qo'lga kiritdi.
Yana bir hamyurtimiz To'xtayev Og'abek esa 189 kg bilan bronza medali sohibiga aylandi.
Erkaklar -81 kg (ikki kurash natijasiga ko'ra)
Lu Delin - 353 kg (165+188 Xitoy)
Rahmat Erwin - 349 kg (151+198 Indonesia)
MUHAMMADQODIR TOSHTEMIROV - 346 kg (154+192 O'ZBEKISTON)
Eslatib o'tamiz, yana 2 talaba-sportchimiz Bahrayndagi xalqaro arenada yurtimiz sharafini himoya qiladi.