Bugun O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida taniqli siyosatshunos Qudratilla Rafiqov qalamiga mansub “Mening Prezidentim!” nomli kitobning mazmun- mohiyatini to‘laqonli yetkazishga qaratilgan tadbir bo‘lib o‘tdi.
Unda universitet rektori, professor M.Boltabayev, Talabalar orasida ijtimoiy-maʼnaviy muhit barqarorligini taʼminlashga masʼul bo‘lgan maslahatchisi U.To‘raqulov, O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi mudiri N.G‘affarov, fakultet dekanlari, kafedra mudirlari hamda tyutorlar ishtirok etishdi.
Tadbir davomida mazkur kitob yuzasidan bir qator qimmatli maʼlumotlar berilishi bilan birga, bu kitob – yangilanayotgan O‘zbekistonning karvonboshisi Shavkat Mirziyoyevning Vatan va Millat istiqboli, shoni uchun amalga oshirayotgan ishlari va bu tarixiy jarayonlar tahliliga bag‘ishlanganligi yuzasidan boshqa qiziqarli fikr-mulohazalar bildirildi.
Tadbir yakunida esa universitet jamoasi hamda talabalarning mazkur kitob bilan to‘liq tanishib chiqishlari uchun rektor tomonidan universitet kutubxonasiga bir to‘plami sovg‘a qilindi!